Tibbiyot olamidan xush xabar. Olimlar o’lat virusi ustidan mutlaq g’alaba qozonganini aytmoqda.
Bugunga qadar millionlab insonlarni o’ldirgan bu dardga qarshi vaksina ish berib, kasallikning oldi to’laligicha olingan.
Bu mutaxassislar erishgan ikkinchi yutuq. Birinchisi qizamiq bo’lib, tadqiqotchilar uni ham bartaraf etganini aytib keladi.
Bu kasallik buyuk Rim imperiyasining qulashida, fransuz inqilobida va hatto Afrika istilosida ham katta rol o’ynagan.
O’lat yuz tutgan joyda qoramol bitta qolmay qirilib ketgan, deydi BMTning O’ziq-ovqat va qishloq xo’jaligi bo’limi rahbari Xuan Lubors.
“Tasavvur qiling, agar sizda hafta boshida 100 dona sog’in sigir bo’lsa, hafta oxiriga borib bitta ham qolmay nobud bo’ladi. O’lat yashin terzliga tarqalgan”, - deydi u.
Tirikchiligi chorvaga bog’liq oilalar uchun bu dahshatli oqibatlarga olib kelgan, deydi BMT yetakchi mutaxassisi Modibo Traore.
“O’lat bilan boshqa kasallikni hech solishtirib bo’lmaydi. Qoramol o’lganidan keyin go’sht ham, sut ham bo’lmaydi. Bu kundek ravshan”, - deydi u.
Afrikaning tropik qismida o’lat ilk bor XIX asrning oxirida tarqalgan. O’shanda bor qoramolning 80-90 foizi qirilib ketgan. Hududda misli ko’rilmagan ocharchilik boshlangan. 1920-yillarga kelib bu ofat Yevropa shimolidan Janubiy Aftrikagacha yetib borgan.
Sharqda esa Filippingacha. Kasallikni to’xtatish borasidagi sa’y-harakatlar samara berib, olimlar 1960-yillarda ilk bor ziddi-zahar, ya’ni vaksina yaratgan. Keng qamrovli emlash jarayoni boshlab yuborilgan.
Bular samara berib, kasallangan qoramol soni sezilarli darajada kamaygan. Shunga qaramay ko’chmanchi fermerlarga oson emas edi.
“Ayniqsa, G’arbiy Afrikaning bepoyon dalalarida minglab qoramol bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yuradi. Ba’zida chegara oshib, qo’shni mamlakatga ham kirishi mumkin”.
BMT 1994 yildan boshlab o’latni tamoman yo’qotish dasturini yo’lga qo’ygan. Keniyada kasallangan qoramol so’nggi bor 2001 yilda qayd etilgan. O’tgan yili bu mamlakat o’latdan xoli deb e’lon qilindi. Virus ahyon-ahyonda yovvoyi hayvonlarda uchrab turadi.
Mutaxassislarning tinmay ter to’kishi oqibatida bu ofat ustidan g’alaba qozonildi, deydi Xuan Lubros.
“Vaksina yordamida o’lat virusini tag-tugi bilan yo’qotganimiz. Bu ulkan yutuq”, - deydi u.
Uzoq davr mobaynida insoniyatga azob bergan yana bir kasallik, qizamiq ham inson tafakkuri va tinimsiz izlanishlar natijasida barham topgan. Vaksina yordamida uning oldini butunlay olish mumkin.