Internet bugun inson dunyoqarashini shakllantirishda eng muhim rol o’ynayotgan vosita desak xato bo’lmaydi. Global tarmoq insonlarni, xalqlarni va mentalitetlarni bir-biriga yaqinlashtirgandek. Uning ham o’ziga xos salbiy ta’siri va illatlari bor, albatta. Biroq bugun odamlar orasida aloqa asosan internet va mobil telefonda. O’ziga xos yangi muloqot madaniyati vujudga kelib, hayotimizga singib bormoqda.
Siyosat, jamiyat va yangi axborot vositalari haqida maqolalar yozib tanilgan amerikalik mutaxassis Sara Kendzior (Sarah Kendzior) yaqinda Vashingtonda bo’lganida uni suhbatga tortdik. Kendzior xonim al-Jazira singari xalqaro telekanallar va Registan.net singari tahlil saytlari bilan hamkorlik qiladi. Markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston uning diqqat markazida.
AMERIKA OVOZI: Markaziy Osiyoda internet va ijtimoiy tarmoqlar xususida ilmiy ishlar yozgansiz. Mintaqa bugun tashqi dunyoga qanchalik ulangan degan bo’lardingiz?
SARA KENDZIOR: Mamlakatga qarab turlicha… Qozog’istonda eng yuqori, O’zbekistonda 20 foizdan oshadi va o’tgan besh yil ichida internet keng qanot yozdi. Qirg’izistonda ham ancha tez o’smoqda, Tojikiston va Turkmanistonda ancha past degan bo’lardim.
AMERIKA OVOZI: O’zbekiston hukumatining bildirishicha, aholining deyarli uchdan biri internetda… Ishonasizmi bu ma’lumotga?
SARA KENDZIOR: Shahar joylarda internetga kirish imkoniyati kengayib borayotganini hisobga olsak, bu ma’lumot ishonchsiz demagan bo’lardim. O’zbekistonda internet matbuot rivojlanmoqda, albatta bu ko’proq odam global tarmoqqa kirayotganini ko’rsatadi. 2008-2009 yillardan beri ijtimoiy tarmoqlarda ham o’zbekistonliklar sezilarli darajada ko’paydi, masalan “Odnoklassniki” va “Facebook”da.
AMERIKA OVOZI: Ko’pchilik hozir uyali telefon orqali internetga kiradi. Lekin ular bu yo’l bilan qancha informatsiya olmoqda, bu borada biror fakt keltirish qiyin, shunday emasmi?
SARA KENDZIOR: Masalaning murakkab jihati shuki, odamlar axborotni o’qiyotgan bo’lishi mumkin, ammo bu borada sizga ochiq aytmaydi yoki ko’rayotgan xabarlarining tagida sharh qoldirmaydi. Masalan, “Fergananews.com” da odamlar bir-birini ogohlantirayotgani, tanqidiy fikrlari uchun nishonga olinishi mumkinligi, Milliy xavfsizlik xizmati kuzatayotgani haqida nasihat qilayotganini ko’ramiz. Ayrim hollarda hatto odamlar bir-biridan shubhalana boshlaydi. Mana shunday muhitda omma aksariyat hollarda internetda aynan nima qilayotganini ochiq aytishga qo’rqadi.
AMERIKA OVOZI: Tanqidiy manbalarga to’siqlar qo’yilgan. “Amerika Ovozi”, “Bi-Bi-Si” va “Ozodlik”, qolaversa “Fergananews.com”… Hukumatlar mana zamonaviy texnologiya hayotimizga kirib kelmoqda deb qanchalik maqtanmasin, ular axborot oqimini cheklamoqda. Blokirovka kun tartibida…
SARA KENDZIOR: Albatta, chunki siyosiy mentalitet o’zgarmagan. Muammoni ochiq muhokama qilish, amaldagi siyosatni tanqid qilish aybli ish deb qaraladi. Internet kafelarda siyosiy saytlarga kirmang deya ogohlantiriladi. Lekin texnologiya turmushning ajralmas qismiga aylanar ekan, axborotga nisbatan talab ham oshib boraveradi.
AMERIKA OVOZI: Shunisi ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlar, masalan “Odnoklassniki” va “Facebook” tobora ommalashib bormoqda. O’zbekiston hukumati tashabbusi bilan o’zbekcha tarmoq “Muloqot.uz” ga ham asos solindi. Mana shunday saytlar jamiyatga, madaniyatga, insonlar dunyoqarashiga qanchalik ta’sir qilmoqda, sizning nazaringizda?
SARA KENDZIOR: “Muloqot.uz” haqida biror narsa deyolmayman, chunki O’zbekiston fuqarosi bo’lmasangiz, u yerga kira olmaysiz. Aniqlashimcha, u hukumat nazorati ostidagi manba va odamlar istagan mavzuda, masalan siyosiy masalalarda tanqidiy fikr almasha olmaydi. Hukumat omma xorijdagi muxolifat, diaspora yozayotgan ma’lumotlarni ko’rmasligini xohlaydi, albatta.
AMERIKA OVOZI: Lekin “Muloqot.uz” tarafdorlari nazarida bu aynan O’zbekiston yoshlari o’z tilida axborot va fikr almashadigan joy. O’zbekcha internetning bir namunasi.
SARA KENDZIOR: Tushunarli, lekin tashqaridagi o’zbeklar-chi? Ular kira olmayaptiku bu tizimga. Odamlarni ajratish emasmi bu? “Facebook”ka, masalan, dunyoning qayerida yashayotgan o’zbek bo’lmang, kirish mumkin. “Muloqot.uz” o’zbekcha ijtimoiy tarmoq bo’lishi mumkin, ammo hamma o’zbeklar va o’zbek tilini biladiganlar uchun ochiq emas.
AMERIKA OVOZI: O’zbekistonliklar va umuman markaziy osiyoliklar debat qilishni, fikr almashishni bilmaydi deyishadi. Lekin ijtimoiy tarmoqlar yordamida odamlar hozir bunga astalik bilan o’rganmoqda, shunday emasmi? Siz bu borada izlanishlar olib borgansiz…
SARA KENDZIOR: Umuman olganda, internetda o’tirsangiz, qizg’in bahs-munozara va achchiq so’zlarga guvoh bo’lasiz. Odamlar fikr bildiraman deb bir-birini so’kadi, haqoratlaydi, la’nat toshlari otadi. Bu elat tanlamaydigan illat. Siz agar O’zbekiston singari repressiv jamiyatda yashayotgan bo’lsangiz, o’zaro ishonch albatta juda past. Gumonsirash kuchli. Odamlar dardini ochiq aytishga iymanadi. Anonim tarzda fikr bildirish keng tarqalgan. Odamlar o’zini o’zi senzura qiladi. Lekin shu bilan birga internetda o’zbek tilida ma’lumot, boy manbalar ko’payib borayotgani, nazarimda, ijobiy hol. Intellektual jihatdan juda foydali manbalar. Menga o’xshab, O’zbekiston tarixi va madaniyatiga qiziqqan odamlar uchun bu ayni muddao. Shuningdek, turli mavzularda konstruktiv muloqot ketayotganini ham ko’ramiz. Qo’rqinch bor, lekin bilish, o’rganishga qiziqish va talab ham katta.
AMERIKA OVOZI: G’arb matbuoti, xususan Amerika axborot vositalari O’zbekiston va mintaqani juda kam yoritadi. Jamoatchilik bu yerda Markaziy Osiyo haqida qanchalik biladi?
SARA KENDZIOR: Ko’pchilik amerikaliklar, afsuski, O’zbekiston va mintaqa haqida deyarli bilmaydi. Axborot vositalari ham biror fojia yoki katta voqea yuz berganida e’tibor qaratadi, masalan 2010-yilda Qirg’iziston janubidagi xunrezliklarni yoritishdi. Qolgan paytda esa jiddiy bir yondashib, izchil o’rgangan holda yoritishmaydi. Men o’zim ham akademik, ham jurnalist sifatida mintaqadagi jiddiy masalalarga e’tibor qaratishga, amerikaliklarni ulardan ogoh etishga harakat qilaman.
AMERIKA OVOZI: Markaziy Osiyoda, ayniqsa ziyolilar orasida shunday tanqidlarni ko’p eshitamizki, ularga ko’ra, mintaqadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni tahlil qilayotgan g’arblik olimlar va mutaxassislar juda tor fikrlaydi; bir masalaga yopishib olib, boshqa o’zgarishlarni, xususan ijobiy holatlarni ko’rmaganga oladi va umuman, regionni uncha yaxshi bilmaydi, mentalitetni tushunmaydi, o’ziga xos siyosiy jihatlarini anglamaydi. Mana siz Markaziy Osiyo bo’yicha ekspertlardan birisiz. Qanday javob berasiz yuqoridagi tanqidga?
SARA KENDZIOR: Javobim shuki, mentalitetni ham, murakkab siyosiy jihatlarini ham tushunamiz. Hammaning nomidan gapirmasamda, o’z nomimdan shuni aytishim mumkin. Davlat matbuotini o’qiyman, axborot vositalarini tinglab tomosha qilaman. Albatta, hamma narsani bilmasligimiz mumkin, ammo agar ochiq muloqot, fikr almashish va borib ko’rish uchun imkoniyat yaratilsa, jon deymiz. To’g’ri, G’arbda biz ko’proq tinglash o’rniga, ko’proq gapiramiz. Narigi tomonni eshitish kerak. Lekin men mintaqada faqat rasmiylarga emas, oddiy odamlarga ham ko’proq quloq tutish kerak degan bo’lardim. O’zbekistondan masalan G’arbning ko’plab tashkilotlari haydalgan, almashinuv dasturlari yopilgan, boshqalarga esa viza olish qiyin. Bunday sharoitda, tashqi dunyo qanday qilib siz haqingizda yaxshiroq ma’lumot olishi mumkin? Internet hozir yagona vosita. Shuning uchun uni ham cheklashga urinishadi. Lekin blokirovkani chetlab o’tish yo’llari ko’p… Alohida mavzularga kelsak, Amerikada hozir O’zbekistonga harbiy yordam va bu mamlakat paxtazorlarida odamlarning zo’rlab ishlatilishi singari masalalarga e’tibor katta. Chunki amerikaliklar ularning puli nimaga sarflanayotgani va kiyib yurgan narsasi qanday mehnat evaziga ishlab chiqarilgani haqida bilgisi keladi. Ijobiy yoritishga kelsak, Gulnora (Karimova) pul berib, o’zini “HuffPost” singari saytlarda reklama qilib turadi. Mening nazarimda O’zbekistonning kuchi bu uning iste’dodli yoshlari. Biz ularning qanchalik qiynalayotgani, imkoniyatlari naqadar cheklanganiga urg’u bersak, balki yordam bo’lar. Men o’zim shu haqda ko’p o’ylayman.
AMERIKA OVOZI: O’zbekiston yoshlari bilan yaqin aloqadasiz, ularning dardini bilasiz. Amerika aynan qanday yordam berishi mumkin ularga?
SARA KENDZIOR: Almashinuv dasturlariga yetadigani yo’q. Edmund Maski (Muskie) va Fulbrayt (Fulbright) singari programmalar yuksak cho’qqilarga intilgan yoshlar uchun bu yerda bilim olish va malaka oshirish imkoniyatini yaratadi. Ularni kengaytirish kerak. Har ikki xalqni bir-biriga yaqinlashtiradigan loyihalar. Ajoyib g’oyalar, yurt kelajagi uchun xizmat qiladigan tashabbuslar bilan chiqayotgan, oldinga intilayotgan yoshlar ko’p. Ularni quvvatlash kerak, nima kerakligini ulardan so’rash kerak. Ularni jiddiy qabul qilish kerak. Yurtini tashqi dunyoga, jumladan G’arbga mana shu iqtidorli insonlar tanitadi.
AMERIKA OVOZI: Amerikada Markaziy Osiyo bo’yicha ilm beradigan dargohlar bor. Siz ulardan birini Indiana Universitetini bitirgansiz. Ularning roli qanday?
SARA KENDZIOR: Men Indiana Universitetida magistrlik unvonini olganman va doktoranturani Vashington Universitetida bitirganman. Bu maskanlarda Markaziy Osiyo xalqlari, tillari va madaniyatini o’rgatadigan fakultetlar bor. Bitiruvchilarning aksariyati diplomatiya, xalqaro tashkilotlar, fuqaro jamiyati, jurnalistika, ilm-fan sohalariga yo’l oladi. Mintaqa bilan ishlayotgan mutaxassislar orasida shu dargohlarni tugatganlar juda ko’p.
Sarah Kendzior talks to VOA Uzbek/Original:

Your browser doesn’t support HTML5