Obama ma’muriyati Amerika kompaniyalarini iqtisodiy josuslikdan himoya qilishni ko’zlaydigan yangi strategiyani e’lon qildi. So’nggi paytlarda davlat siri toifasidagi ma’lumotlarni o’g’irlashga qaratilgan internet xurujlari ancha ko’paygan.
Savdo-sotiqqa oid maxfiy ma’lumotni o’g’irlash hamda AQSh sanoat va texnologiya sohalariga qarshi tobora ko’payayotgan kiberxurujlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Prezident Obama bularni milliy iqtisod va xavfsizlik uchun tahdid, deydi.
Kongressning yangi hisobotiga ko’ra, bu ikki muammo natijasida AQSh kompaniyalari o’tgan yili kamida 300 milliard dollar yo’qotgan.
Oq uydagi yuqori darajali uchrashuvlar va hukumatning turli majlislari natijasida Adliya vaziri Erik Xolder iqtisodiy josuslikka qarshi kurashish kerakligi haqida gapirdi.
“Ba’zi sanoat sohalarida bittagina sirni yo’qotish bir necha million va, hatto, milliard dollarlik zarar keltirishi mumkin. Uning o’g’irlanishi qanchadan-qancha xodimning ishdan bo’shatilishi, fabrikalarning yopilishi, daromadning kamayishi va raqobatning yo’qolishi, ayrim hollarda esa kompaniyaning butunlay yopilishiga olib keladi. Bunday jinoyat nafaqat mamlakatimizning iqtisodiy ahvoli, balki milliy xavfsizlik uchun ham jiddiy tahdiddir”, - dedi rasmiy.
Xolder “milliy xavfsizlikka tahdid” deganda dushman mamlakat tomonidan amerikaliklar hayotiga tahdid soluvchi ma’lumotning qo’lga kiritilishini nazarda tutishini aytadi. Mamlakatning energetika, moliya va boshqa muhim sohalariga zarar yetkazish xavfi ham bir necha karra oshgan, deydi vazir.
Buning oldini olish uchun ishlab chiqilgan yangi strategiya doirasida Qo’shma Shtatlar va savdo sirlarining o’g’irlanishi muammosiga tez-tez uchraydigan davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish ko’zda tutilgan. Xususiy kompaniyalar o’rtasida ma’lumot almashinuvi yo’lga qo’yiladi, huquq-tartibot organlari va razvedka xizmatlari faoliyati takomillashtiriladi.
“Global innovatsiya sohasida yetakchi edik. Endi bu maqomimiz xavf ostida. Bunday tahdidning tug’ilishiga sababchilar qonun ustuvorligini ta’minlay olmaydigan, xalqaro bitimlarga rioya qilmaydigan, Amerika kompaniyalari va ishchilari uchun imtiyozli sharoit yaratmaydigan yoki AQSh savdosiga oid maxfiy ma’lumotning o’g’irlanishiga yo’l qo’yayotgan davlatlar,” - dedi Oq uyning intellektual mulkni himoya qilish bo’yicha rasmiysi Viktoriya Espinel.
O’tgan yili savdo-sotiq sohasidagi muammolar, xususan intellektual mulk huquqlari buzilishiga qarshi kurashish maqsadida yangi agentlik tuzilgan.
Oq uy matbuot kotibi Jey Karni prezident Obama AQSh iqtisodi va xavfsizligiga tahdidlardan xavotirdaligini aytadi:
“Davlat rahbari bu haqda doim o’ylaydi. Shu sababdan u Kongressdan kiberxavfsizlikni ta’minlash yo’lida harakat qilishni so’radi. Biz qonunchilarni yana bir bor shunday qilishga undaymiz”.
Yaqinda Amerikaning internet xavfsizligi bilan shug’ullanuvchi “Mendaynt” kompaniyasining Xitoy hukumatini AQShdagi saytlardan maxfiy axborot o’g’irlashga aloqadorlikda ayblagani katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Xitoy iddaolarni rad etmoqda. Vashington esa savdo sirlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaror qildi.