Vashingtonda ikki yil oldin e’lon qilingan Yangi Ipak yo’li strategiyasining samarasizligi haqida so’nggi paytda ko’p gapirilmoqda. AQSh poytaxtida o’tgan tadbirda qatnashgan mahalliy tahlilchilar nazarida, 2014-yilda Qo’shma Shtatlar qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqqandan so’ng Markaziy Osiyo bilan usiz ham tor mazmundagi muloqot yanada sustlashadi. Uning o’rniga esa, deydi mutaxassislar, mintaqaga Xitoy kirib bormoqda.
AQShning Qozog’istondagi sobiq elchisi Uilyam Kortnining aytishicha, markaziy rolni Afg’onistonga bergan strategiya boshidan voqelikdan yiroq bo’lgan.
"Afg’oniston bu strategiyaning markazi bo’la olmasdi, chunki mamlakatda hatto temir yo’l yo’q. Haqiqiy Ipak yo’li Xitoy bilan Yevropa orasida yotadi va u Rossiya va Qozog’iston orqali o’tadi. Qo’shma Shtatlar hozir bu strategiyadan chekinmoqda", - deydi sobiq elchi.
Uilyam Kortni taxminicha, bunga Amerikaning Iroq va Afg’onistondagi urushlaridan olgan charchog’i hamda Markaziy Osiyoda u kutgan islohotlardan darak bo’lmaganini asosiy sabablar sifatida ko’rish mumkin.
Vashingtonlik tahlilchi, Amerika tashqi aloqalar kengashi xodimi Stiven Blankning aytishicha, Qo’shma Shtatlar ikki yil oldin e’lon qilgan siyosatini amalga oshirish uchun yetarlicha resurs ajratmagan. AQShda Markaziy Osiyoga doir hatto aniq siyosat yo’q, deydi u.
"AQShning mintaqaga doir o’ylari Afg’oniston strategiyasi tufayli mavjud. O’shanda ham bu strategiya faqat afg’on urushi atrofida shakllangan. Sobiq davlat kotibi Xillari Klinton tashabbusi bilan yuzaga kelgan yangi Ipak yo’li siyosati kelajagiga ishonchning yo’qolganiga sabab shuki, 2014-yildan so’ng Afg’oniston barqaror bo’lishiga hech kimda umid yo’q, jumladan Pentagonda", - deydi Stiven Blank.
AQSh va NATO kelasi yil oxirigacha Afg’onistonni tark etishga hozirlanmoqda. Ayrim kuzatuvchilarga ko’ra, afg’on xavfsizlik kuchlari Tolibonga bas kelolmaydi va mamlakat yana beqarorlikka yuz tutishi mumkin. Ayniqsa, deydi Stiven Blank, Qo’shma Shtatlar afg’on armiyasini moliyalashni to’xtatganidan so’ng bu mamlakat qurolli kuchlari tarqalib ketadi. Bu hol Markaziy Osiyo davlatlarini xavotirga solmoqda, deydi u.
"Amerikaning mintaqa bilan muloqoti saylovlar va inson huquqlaridan nariga o’tmaydi. U yerdagi davlatlarni qiziqtirayotgan suv muammosi, energetika masalalari xususida siyosatimizni aniq belgilaganimiz yo’q. Regionda ravshan maqsadlarimizning yo’qligi bo’shliq hosil qilib, uni boshqa davlatlar to’ldirishga shoshmoqda", - deydi Blank.
Tahlilchi nazarida Xitoy ana shundaylardan.
"Haqiqiy Ipak yo’lini Xitoy qurmoqda. Pekin Markaziy Osiyo va Kavkazda yo’llar va temir yo’l tushirmoqda, energetika, tog’-konchilik, telekommunikatsiya, infrastruktura sohalariga sarmoya kiritib, Yevropaga chiqmoqda. Rossiya ham shuni istaydi, ammo hozircha qo’lidan kelgani yo’q", - deydi Blank.
Tadbirda ishtirok etgan yana bir tahlilchi Aleksandros Petersen ham shunday fikrda. Ekspert ikki yarim yil Markaziy Osiyo, Kavkaz va Xitoyda izlanish olib borgan. U Xitoy sarmoyalari iziga tushib, xitoylik tadbirkor va siyosatchilar bilan muloqotda bo’lgan.
"Markaziy Osiyoda chetdan turib harakat qilayotgan eng muhim davlat kim? Mintaqa mamlakatlari bilan eng ko’p savdo qilayotgan davlat qaysi? Afg’onistonning iqtisodiy kelajagi va barqarorligi yo’lida qaysi davlat eng ko’p sarmoya kiritmoqda? Mintaqaning eng yirik savdo markazi qaysi mamlakatda joylashgan? Regiondagi eng uzun gaz quvuriga kim aloqador? Markaziy Osiyo davlatlari a’zo bo’lgan Shanxay hamkorlik tashkiloti kabi eng yirik guruhga kim yetakchilik qiladi? Markaziy Osiyoda eng tez rivojlanayotgan til qaysi? Qay bir mamlakat mintaqa davlatlariga eng ko’p kreditlar bergan? Qaysi mamlakatdan mintaqaga keldi-ketdi ko’p? Bularning barchasiga bitta javob bor va bu – Xitoy", - deydi Petersen.
Ekspert nazarida aynan Xitoy Markaziy Osiyo kelajagini shakllantirmoqda.
"Biroq shuni ta’kidlash joizki, Xitoyda ham AQSh kabi mintaqaga doir aniq strategiya yo’q. Pekin g’arbdagi Shinjon viloyati tinchligini o’ylayapti. Biroq viloyatga doir qarorlarning Markaziy Osiyoga ham daxli bor. Kommunistik partiya rahbariyati har kuni AQSh yoki Yevropa bilan aloqalarni emas, Shinjon va uyg’urlar masalasini muhokama qiladi. Markaziy Osiyo muhokamasi ham shu bilan bog’liq", - deydi Petersen.
Tahlilchi Stiven Blank fikricha, Markaziy Osiyo rahbarlari Xitoydan, uning tobora o’sib borayotgan harbiy qudrati va impercha ishtahasidan cho’chiydi, biroq Pekinning iqtisodiy imkoniyatlari va ulardan keluvchi foyda shu qadar kattaki, mintaqa mamlakatlari ulardan voz kecha olmaydi.
"Markaziy Osiyo davlatlari bu sarmoyalarga muhtoj. Albatta, ular Xitoyning o’rnida Rossiyani ko’rishni istardi, chunki Rossiya mintaqaga yaxshi tanish", - deydi Blank.
Tahlilchi nazarida, AQSh azaldan regionda Xitoy yoki Rossiya ishtirokidagi yirik siyosiy birlashmalarning, yangi imperiyalarning paydo bo’lishiga qarshi. Bojxona Ittifoqi ana shulardan biri. Biroq Qo’shma Shtatlar hozir aksincha, mintaqadan uzoqlashmoqda va Stiven Blank fikricha, bu katta xato.