Rossiya Markaziy Osiyoda suv taqsimotini qo'lga olmoqda

Ko'korol, Qozog'iston janubi-g'arbi.

Suv resurslari va taqsimoti Markaziy Osiyo uchun strategik ekan, Rossiyaning bunga doir siyosati mintaqa mutaxassislari e’tiborini tortmoqda. Prezident Vladimir Putin yaqinda Bishkekka tashrifi chog’ida yirik suv to’g’oni, “Qambarota-1” ni qurishga doir bitim imzoladi.

Evaziga Kreml Qirg’izistonda harbiy bazalari muddatini uzaytirishga erishdi. Rossiyadan to’g’on qurilishida yordam kutayotgan Tojikiston ham Putinning tashrifi chog’ida harbiy bazalar va energetikaga doir taklif bilan chiqishi kutilmoqda.

Rossiya mintaqada “Rog’un”dan keyin ikkinchi yirik suv to’g’oni bo’lishi kutilayotgan “Qambarota-1” uchun 2,5 milliard dollar ajratdi. Vladimir Putin so’zlariga ko’ra, uzoq kutilgan bitimning imzolanishi Rossiya Qirg’izistonning birinchi raqamli hamkori bo’lib qolayotganidan darak beradi.

“Qambarota-1” bitimi Markaziy Osiyoda suv bo’yicha ziddiyatlar keskinlashgan paytga to’g’ri kelmoqda.

Daryo boshidagi davlatlarning yirik to’g’onlar rejasi quyida joylashgan davlatlarning keskin qarshiligiga uchrab keladi. Rossiya ziddiyatga qaramasdan loyihaga pul kiritayotgan birinchi davlat.

Putin boshchiligidagi delegatsiya safarini Qozog’istonda, Pavlodarda o’tgan muzokaralardan boshlagan edi.

Qozoq matbuotida yozilishicha, Putin va Nursulton Nazarboyevning yuzma-yuz muloqotida suv masalasi ham muhokama qilingan. Bu borada asosan qarshilik bildirayotgan - O’zbekiston bo’lib qolmoqda.

Ostonada Nazarboyev bilan uchrashgan Islom Karimov qo’shni davlatlarni ogohlantirib, suv borasidagi ziddiyat urushga aylanib ketishi mumkin, degan edi.

Rasmiy Toshkentning Bishkekdagi bitimga, GES qurilishida qo’shni davlatlar ham ishtirok etishi mumkinligi degan fikrlarga munosabati hozircha noma’lum.

Biroq avvaliga to’liq Rossiya ixtiyorida, keyin 50-50 qilib taqsimlangan loyihada boshqa davlatlar imkoniyati bahsli sanaladi.

Kreml, bundan tashqari, Qirg’izistondagi harbiy bazalari muddatini yana 15 yilga uzaytirdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Rossiya Markaziy Osiyoda suv taqsimotida qatnashmoqchi/Malik Mansur



Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish



Putin so’zlariga ko’ra, Rossiyaning Qirg’iziston, Tojikistondagi bazalari Afg’onistonda vaziyat beqaror qolayotgan bir paytda butun mintaqa tinchini kafolatlaydi.

Rossiyaning Tojikistondagi harbiy obyektlari maqomi ham bahsli. Putinning oktabrda Tojikistonga safarida bu borada kelishuv imzolanishi mumkin.

Sirdaryo


Dunyodagi eng baland to’g’on - “Rog’un”ni bitirishga urinayotgan Tojikiston uchun Rossiya ko’magi muhim. Kreml bilan bu borada avval ham muzokaralar borgan. Moskva bu inshootda aksariyat aksiyalarga egalik qilishni xohlaydi. Tojikiston esa norozi. Putinning tashrifi davomida energetik hamkorlikni ham muhokama qilinadigan.

Suv masalasi keskinlashgani Toshkent-Moskva munosabatlarida sovuqchilik bilan bog’liq ko’riladi. O’zbekiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotini tark etishi ortidan Kreml mintaqaning boshqa davlatlaridagi harbiy ishtirokini kuchaytirishga kirishgan.