Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton bugun Senat va Vakillar palatasida so’zlab, o’tgan yilning sentabrida Liviyada AQSh vakolatxonasiga uyushtirilgan hujum borasida jo'shib hisobot berdi.
U qonli bu fojea haqida Obama ma'muriyati xolis axborot bermadi, haqiqatni yashirdi, qabilidagi ayblovlarni qat'iyan, keskin rad etmoqda.
"Dunyodagi jamiki diplomatlarimizni himoya qilish uchun agressiv chora ko'rayapmiz", - dedi u.
11-sentabrda Bing’ozi shahrida elchi Kris Stivens va yana uch amerikalik halok bo’lgan edi.
Hissiyot va shijoatga to'la Xillari Klinton besh yarim soat davomida, xususan, xavfsizlik tizimidagi nuqsonlar va xatolar yuzasidan siquvga olinib, hujumni tergov qilgan idora maslahatlarining ijrosi haqida so’zladi.
Kuzda ro’y bergan bu mash’um voqeani sinchiklab tekshirgan kengash xulosasiga ko’ra, vakolatxonada xavfsizlik mutlaqo talabga javob bermagan. Bing’ozidagi konsullik mudofaasini ta’minlash Vashingtondagi rasmiylar uchun birlamchi vazifalardan bo’lmagan, deyiladi xulosada.
Respublikachi senator Bob Korker deydiki, bu hujum Davlat departamenti al-Qoida kasb etgan xavf-xatar ko’lamini to’liq anglamaganini, nazar-pisand qilmaganini namoyish etgan.
“Al-Qoida yetakchisi Osama bin Laden yo’q qilinib, terrorchilik hujumi xavfi ham bartaraf etildi deyish mudhish xatodir. "Arab bahori" aynan al-Qoida oyoqqa turayotgan bir paytga to’g’ri kelgani sir emas. Shunday ekan, bugun dunyo har qachongidan xatarli bir makon”, - deydi u.
Dastlab Senatda so'zlagan vaziraning aytishicha, bu hamla butun Shimoliy Afrika mintaqasida terrorchilar kasb etgan xavf-xatarni aks ettiradi.
"Arab dunyosida ro’y bergan qo’zg’olonlar mavjud tizimlarni titratib, mintaqada mudofaani izdan chiqargan", - deydi Klinton.
“Malidagi beqarorlik terrorchilar uchun qulay sharoit yaratdi va ular ta’sir doirasini oshirdi. O’tgan hafta Jazoirda sodir etilgan hujum bunga dalil bo’la oladi”, - dedi u.
Klintonning aytishicha, Obama ma’muriyati Jazoirda, Liviya bilan chegara yaqinida xorijliklar garovga olinganidan beri bu davlat rahbariyati bilan muntazam aloqada. "Tutqunlikda halok bo’lgan insonlar oilalariga chuqur hamdardlik izhor etamiz", - dedi vazira.
Savol-javob paytida vazira Davlat departamenti, Amerika harbiylari va Liviya hukumatining kuzgi hamlaga “mavridida” javob qildi va amerikaliklarning hayoti saqlab qolindi, dedi.
Bu nafaqat siyosiy, balki shaxsiy bir fojeadir, deydi Klinton:
“Endryus bazasidan tobutlar olib chiqilar ekan, men prezident Obama bilan ularni kutib oldim. Yaqinidan ayrilgan ota-onalar, aka-inilar, o’g’il-qizlar, farzandini yolg’iz katta qilishga majbur onalarni bag’rimga bosdim”, - dedi vazira ko'zida yosh bilan.
Klinton nazarida hozir aybdorni qidirishdan muhimroq ishlar bor:
"To'rt amerikalik halok bo'ldi. Bunga turtki bergan narsa namoyishlarmi? Yoki bir odam kechasi turib, amerikaliklarni o'ldirib kelishga qaror qilganimi? Hozir buning nima farqi bor? Bizning ishimiz - nima ro'y berganini aniqlab, boshqa qaytarilmasligini kafolatlash".
Diplomat, jumladan, AQShning BMTdagi elchisi Syuzan Raysga nisbatan yangrayotgan tanqidlarni rad etdi.
Muxolif respublikchilar shikoyati shundan iboratki, Rays avvaliga islomni mayna qiluvchi hujjatli film hujumga turtki bergan, deya bayonot bergan.
"Qo'limizda bor ma'lumotga tayanib, vaziyatni izohlashga, aniqlik kiritishga harakat qilayotgan edik. O'tmishda kim, nima degani emas, xavfsizlikni mustahkamlash oldimizda turgan burch, vazifadir", - dedi u.
Diplomat Afrika shimolida ekstremizm, jihod kayfiyati haqida ogohlantiradi:
"Global muammo haqida gap ketmoqda. Yirik terrorchilarni yo'q qilishimiz mumkin, lekin kuchli demokratik institutlarni barpo etib, qadriyatlarimizni aniq-tiniq bayon qilmas, mustahkam munosabatlarni yo'lga qo'ymas ekanmiz, ahvol beqarorligicha qolaveradi", - deydi u.
Davlat departamenti matbuot kotibasi Viktoriya Nulandning aytishicha, Klinton xatolarini hamisha tan olib, mas’uliyatni bo’yniga olib kelgan.
Xizmat muddati tugab borayotgan Klinton ishdan ketishdan oldin, ya'ni martgacha deyarli barcha tavsiyalarni amalga oshirish qarorida qat’iy, deydi Nuland.
Klintonning aytishicha, Bing'ozidagi hujum ortida turgan terrorchilar qidiruvda va ular oxir-oqibat javobgarlikka tortiladi. Kun davomida diplomat Vakillar palatasi Tashqi aloqalar qo'mitasida so'zlab, savollarga javob berdi.
Tashqi ishlar vazirasi ikki haftadan keyin lavozimini bo’shatadi. Uning o’rnini demokrat senator Jon Kerri egallashi kutilmoqda.
Klinton dekabr oxirida tobi qochib, yiqilgan va miya chayqalishi natijasida kasalxonaga tushgan edi. Uch hafta oldin xizmatga qaytdi.
Bing'ozidagi hujumda to'rt amerikalik, xususan, elchi Kris Stivens halok bo'lgan edi:

Dunyodagi jamiki diplomatlarimizni himoya qilish uchun agressiv chora ko'rayapmiz.

To'rt amerikalik o'ldi. Bunga turtki bergan narsa namoyishlarmi? Yoki bir odam amerikaliklarni o'ldirib kelishga qaror qilganimi? Hozir buning nima farqi bor? Bizning ishimiz - nima ro'y berganini aniqlab, qaytarilmasligini kafolatlash.
Xizmat muddati tugab borayotgan Klinton ishdan ketishdan oldin, ya'ni martgacha deyarli barcha tavsiyalarni amalga oshirish qarorida qat’iy, deydi Nuland.
Klintonning aytishicha, Bing'ozidagi hujum ortida turgan terrorchilar qidiruvda va ular oxir-oqibat javobgarlikka tortiladi. Kun davomida diplomat Vakillar palatasi Tashqi aloqalar qo'mitasida so'zlab, savollarga javob berdi.
Tashqi ishlar vazirasi ikki haftadan keyin lavozimini bo’shatadi. Uning o’rnini demokrat senator Jon Kerri egallashi kutilmoqda.
Klinton dekabr oxirida tobi qochib, yiqilgan va miya chayqalishi natijasida kasalxonaga tushgan edi. Uch hafta oldin xizmatga qaytdi.
Bing'ozidagi hujumda to'rt amerikalik, xususan, elchi Kris Stivens halok bo'lgan edi:
Your browser doesn’t support HTML5