AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda

• Amerika Ovozi

Eron neft sanoati

AQSh qonunchilari Eronning neftdan tushayotgan daromadiga putur yetkazish maqsadida qo'shimcha sanksiyalar qo'llash masalasi bo'yicha kelishgan.

Kongressning Senat va Vakillar Palatasidagi deputatlari bunga doir hujjat loyihalarini birlashtirishga muvaffaq bo'ldi.

Hujjat Eron neft, neft-kimyo yoki tabiiy gaz sektorida ishlagan, bu sanoatlarni mahsulotlar, xizmatlar va infratuzilma bilan ta'minlagan shaxs yoki kompaniyalarni jazolashni ko'zda tutadi.

Eron neft sektori yoki bu yo'nalishda ishlayotgan yuk kompaniyalarini sug'urta qilgan, Eronni neft tankerlari va sisternalari bilan ta'minlagan, bu davlatga sanksiyalarga uchramaslik maqsadida yukini o'z bayrog'i ostida tashishda yordam bergan shirkatlar ham jazolanadi.

Qonun loyihasi shu hafta ovozga qo'yilishi kutilmoqda.

Qo'shma Shtatlar islomiy respublikaning moliya manbalariga zarba berib, yadro dasturini moliyadan ayirmoqchi.

Ammo rasmiy Tehron pozitsiyasi shuki, atom dasturi, G'arb taxmin qilganidek, ommaviy qirg'in qurolini yaratishga emas, balki elektr quvvati olish va tibbiy izlanishlar uchun zarur.