AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton 11 mamlakat Erondan neft importini keskin kamaytirganini aytib, ularga sanksiya qo’yilmasligini ma’lum qildi. Bular - Yaponiya, Belgiya, Britaniya, Chexiya, Fransiya, Germanaya, Gretsaya, Italiya, Gollandiya, Polsha va Ispaniya.
Bu davlatlarning aksariyati Yevropadan. Klinton boshqa mamlakatlar ham ulardan o’rnak olib, Eron bilan neft savdosini cheklaydi, deya umid qilmoqda.
AQSh Moliya vaziri Timoti Gaytner deydiki, hukumat Eronga bosimni kuchaytirish harakatida.
"Umid qilamizki, buning natijasida Eron o’z manfaatlari haqida o’ylab, yadro dasturidan qaytadi", - deydi Gaytner.
AQShning Eron bilan savdoni kamaytirish talabini bajarmagan davlatlar 28-iyundan boshlab moliyaviy va iqtisodiy sanksiyalarga uchraydi.