Ukrainadagi yangi o'zgarishlarda qrim tatarlari ham faol ishtirok etmoqda. Ammo bu xalq shu paytgacha ko'p og'ir kunlarni boshdan kechirgan. Ularning hozirgi mamlakat hayotida tutgan mavqei qanday? Bu kungacha ushbu musulmon xalq qanday tarixni boshdan kechirdi?
Har yili dunyo bo’ylab qrim tatarlari quvg’inda halok bo’lgan millatdoshlarini yod oladi. Bundan qariyb 70 yil muqaddam, 1944-yilning 18-may kuni Sovet Ittifoqi rahbari Iosif Stalin Qrimdagi tatar xalqini yoppasiga O’zbekistonga ko’chirish haqida buyruq chiqaradi. Sabab sifatida ularning urush payti bosqinchilarga ko’mak bergani ko’rsatiladi.
“Ikkinchi jahon urushi davrida sovet hukumati bir millionga yaqin musulmonni, o’z fuqarolarini Markaziy Osiyoga, O’zbekiston, Qozog’iston va Ural tog’lariga surgun qiladi”, - deya o’sha davrlarni eslaydi amerikalik tarixchi Inji Bouman.
Your browser doesn’t support HTML5
Har yili dunyo bo’ylab qrim tatarlari quvg’inda halok bo’lgan millatdoshlarini yod oladi. Bundan qariyb 70 yil muqaddam, 1944-yilning 18-may kuni Sovet Ittifoqi rahbari Iosif Stalin Qrimdagi tatar xalqini yoppasiga O’zbekistonga ko’chirish haqida buyruq chiqaradi. Sabab sifatida ularning urush payti bosqinchilarga ko’mak bergani ko’rsatiladi.
Bouman xonim Turkiyda tug’ilib o’sgan qrim tatarlaridan. Uning ota-bobolari hozir Ukraina tarkibida bo’lmish Qrim o’lkasida yashagan. Tadqiqotchining aytishicha, turkiy xalqlarning chegara hududlaridan haydalishi ortida aslida Stalinning bosqinchilik siyosati yotibdi.
“Rasmiy sabab sifatida ularning bosqinchi kuchlar bilan hamkorlik qilgani ko’rsatiladi. Ma’lumki, urush davomida Qrim ikki yarim yil natsistlar nazorati ostida bo’lgan. Aslida Stalin 1945-yilning fevral oyida Turkiyaga qarashli Qora Dengiz bo’g’ozini bosib olish niyatida bo’lgan. Shuning uchun u turkiy xalqlarni bu hududdan ko’chirishga qaror qilgan”, - deydi olima.
Qrim tatarlari uchun surgun hukmi kutilmaganda e’lon qilindi. Tong saharda askarlar eshikma-eshik yurib barchani zudlik bilan uylarini tark etishga buyurdi.
Inji Boumanning aytishicha, qrim tatarlarining 45 foizi ko’chish paytida va quvg’inning dastlabki uch yilida halok bo’lgan.
Stalin vafot etgach, xoinlikda ayblangan xalqlarning deyarli barchasi oqlandi. Ularning o’z yurtlariga qaytishlari uchun ruxsat berildi. Ammo qrim tatarlari uchun bu orzuning ushalishi qiyin kechdi. Ulardan sotqinlik aybi olib tashlansa ham, vatanlariga qaytish ruxsati berilmadi.
“Nihoyat, 1967-yilda sovet hukumati qrim tatarlariga qo’yilgan xoinlik aybini olib tashlash haqida farmon chiqardi. Ammo ularning yurtlariga qaytishiga ruxsat berilmadi. O’z xohishi bilan qaytgan ayrimlar qayta deportatsiya qilindi”, - deya hikoya qiladi tatar tarixchisi.
Sovet Ittifoqi qulagach, nihoyat, qrim tatarlariga ham o’zlarining tarixiy vatanlariga qaytish imkoni berildi. Ammo Ukrainada ularni yengil hayot kutmayotgan edi.
“Ular ko’p qurbonliklar qilishlariga to’g’ri keldi. Chunki ularning aksariyati O’zbekistonda uy va ish joylariga ega edi. Shunga qaramay, vatanga bo’lgan muhabbatlari tufayli Qrimga qaytishga qaror qilishdi. Bu juda noyob hodisa. Qrimda ular ilgari sayyohlik imkoniyatlari yuqori bo’lgan sohil bo’ylarida yashagan. Ammo qaytib kelishgach, mahalliy aholi ularning bu hududlarga joylashishiga yo’l qo’ymadi. Aksariyati mamlakat ichkarisiga ko’chishga majbur bo’ldi”, - deydi Bouman.
Olimaning aytishicha, bugun ham O’zbekistonda 100 mingdan ortiq qrim tatarlari istiqomat qiladi. Ularning aksariyati hanuz Qrimga qaytishni istaydi, ammo iqtisodiy qiyinchliklar bois bunga imkonlari yo’q, deydi Inji Bouman.
Yana uning aytishicha, O’zbekistonda yoki boshqa xorijiy o’lkalarda tug’ilgan yangi avlod qrim tatarlarida tarixiy vatanga qaytish ishtiyoqi u qadar kuchli emas.
Bugun ushbu ziyolining nabirasi Inji Bouman AQShda turib bobosining ishini davom ettirmoqda. Qrim tatarlari tarixini tatqiq etgan olima yaqinda Fevzi Altug xotiralari, she’rlari va boshqa tarixiy asarlarini yig’ib, ularni “Tikanak: Qrim tatar millatchisi va o’qituvchisining Rossiya fuqarolar urushi va 1921-22-yillardagi ocharchilik haqidagi xotiralari” nomi ostida asli va inglizcha tarjimasi bilan chop ettirdi. Ushbu kitobdan muallifning XX-asr boshida o’zi guvoh bo’lgan yirik siyosiy va ijtimoiy hodisalarga munosbati va tahliliy qarashlari o’rin olgan.