Demokratik jamiyatda odatda prezidentlikka nomzodni saylovchilar aniqlaydi. Biroq Amerikadagi tanlov jarayoni boshqa mamlakatlarnikidan farq qiladi. Har bir yirik partiyadan prezidentlikka nomzodni saylovchi emas, delegatlar tanlaydi.
Delegatlar nomzodlarni saylasa, delegatlarning o’zini kim saylaydi?
Bu murakkab jarayon. Har bir shtatda o’z qoidalari bor.
Masalan, Merilendda saylovchilar byulletenga tushirilgan delegatlar hamda nomzod uchun to’g’ridan-to’g’ri ovoz beradi. Kaliforniyada esa delegatlarni nomzodlarning o’zi tanlaydi. Kanzas shtatida delegatlar partiya syezdida yoki partiya yetakchilari tomonidan tanlanadi.
Shundan so’ng delegatlar o’z partiyasining milliy qurultoyida to’planib, prezidentlikka yagona nomzodni tanlaydi.
Bu Amerikada saylov jarayoniga doir turkum lavhalarimizning 8-qismi. Bungacha ro'yxatdan o'tish, saylov kampaniyasini moliyalash, debatlarda qatnashish, ichki partiyaviy saylovlarni o'tkazish, qurultoy va asosiy saylov haqida ma'lumot berilgan.