Detroyt, Amerikaning bir paytlar gullab-yashgan avtosanoat markazi o’zini bankrot deb e’lon qildi. Qaddini tiklash yo’llarini izlar ekan, bu AQSh tarixida himoya so’rab rasman qo’l ko’targan eng yirik shahardir.
Bu maoshlar, nafaqalar, imtiyozlar qisqaradi, degani. Detroytning holidan butun mamlakat bo’ylab ishlab chiqarish, turmushni tasavvur qilish mumkin, deydi siyosatchilar.
Michigan shtatidagi Detroyt bir paytlar aholisi 1,8 million kishilik ko’rkam shahar edi. Ammo global iqtisodiy tanglik uni ichdan yemirdi. Bugun shaharda 700 ming odam yashaydi. Binolarining uchdan biri huvillab qolgan. Shahardan fayz ketgan.
Amerikaning bankrot bo’lgan birinchi shahri emas bu. Iqtisodiyot bo’yicha ekspert Pol Mako so’zlariga ko’ra, Detroytning yuki ko’p. Eplash qiyin bo’ladi.
“Mamlakat sanoatida tub o’zgarishlar ro’y berayapti. Ishchi kuchi keksayib bormoqda, daromad pasaymoqda, jihozlar eskirgan, sarmoya ko’lami kamaygan. Shaharlar yuzlashayotgan muammolarni sanab tugatolmaysiz. Detroytda mana shularning hammasini kuzatasiz”, - deydi Mako.
Detroytdan oldin bir necha munisipalitet o’zini bankrot deb e’lon qilgan. Ammo ular hajm jihatidan kichikroq edi. Kaliforniyaning Stokton shahri masalan 26 million dollar qarzga botgan. Detroytning qarzi 18 yarim milliard dollar. Bu pul kimning karmonidan chiqishini sud hal qiladi, deydi Brukings tahlil instituti olimi Treysi Gordon.
“Qimmatbahor qog’ozlar egalari, nafaqaxo’r, kasaba uyushmalari yoki soliq to’lovchi? Buni aniqlash uchun yillar ketishi mumkin”, - deydi tahlilchi.
Detroyt merining aytishicha, shaharda aholiga xizmat ko’rsatish shu holicha qoladi. Biroq rahbariyatning uquvsiz ekani uchun baribir fuqaro javob berayapti.
“Yangiliklarni ko’ring. Detroytda politsiya chaqirsangiz, bir soatda arang yetib keladi. Shaharda 78 mingdan ziyod imorat qarovsiz bir ahvolda. Ta’mirtalab binolar son-sanoqsiz. Turmush darajasi nihoyatda pasayib ketgan. Soliq to’lovchi buning jabrini tortayapti”, - deydi Gordon.
Ekspertlarning taxminiga ko’ra, Detroyt kasodga uchrashi munosabati bilan ko’plar shaharni tark etishi aniq, xususan, bizneslar oyog’ini tortadi. Ammo Pol Mako bu – shaharni qayta qurish, e’tiborni bir joyga to’plash uchun imkoniyat ham, deydi.
2010-yildan beri Amerikaning faqat olti munisipaliteti kasoddan omon chiqqan. Detroyt bu shaharlar misolidan xulosa qilishi, jinoyatchilik bilan olishib, bizneslarni, odamlarni qaytarishi, amallab maosh, nafaqalarni to’lashi kerak bo’ladi.
Your browser doesn’t support HTML5