Elektron sigaretalar Amerika yoshlari orasida "moda"

  • Amerika Ovozi

Amerika yoshlari orasida elektron sigareta, yoki i-sigareta chekuvchilari soni ortib bormoqda. Vaziyatdan tibbiy soha mutaxassislari tashvishda. AQSh Oziq-ovqat idorasi muammo allaqachon epidemiya darajasiga yetgani haqida ogohlantirmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Electron sigaretalar Amerika yoshlari orasida "moda"

Na kul, na kuldon. Na sigareta qoldiqlari, na badbo’y hid. Smartfonlar kabi ommalashgan elektron sigaretalar haqida gap ketmoqda.

“Turli ta’mlarni qo’shib tortishni yoqtiraman. Yalpiz, yoki mango mazasi bo’lsa o’zgacha”, - deydi bir chekuvchi.

“Juda oddiy, nozik, kichkina. Zaryad olishi ham oson”, - deydi yana bir o'smir.

Meva ta’mlarini o’zingiz tanlaysiz, ishlatish ham oson. Elektron sigaretalar Amerika yoshlari uchun yangicha hordiq chiqarish degani. Federal Oziq-ovqat idorasiga ko’ra, 11 million o’smir bu sigaretalarni tatib ulgurgan.

“Ko’pchilik chekadi. O’zim talabaman. I-sigareta chekuvchilarning aksariyati menga o’xshagan talabalar”, - deydi yana bir chekuvchi.

“Nazoratni kuchaytirish uchun nimadir qilish kerak, chunki o’rganib qolish oson. Chekishni boshlab yuborsa, voz kechish qiyin”, - deydi bir ayol.

Hukumat yoshlar orasida i-sigaretalar iste’molini kamaytirish harakatiga tushgan.

Bu mahsulotning yoshlar qo’liga tushishini cheklash uchun xususiy kompaniyalar bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan. O’smirlarni nishonga olayotgan reklamalarni, hid va ta’m beruvchi vositalar sotuvini taqiqlash ko’zda tutilgan.

Nyu-York shahri allaqachon choralar ko’ra boshlagan.

“Shahrimizda elektron sigaretalar sotadigan joylar keskin kamayadi. Sotayotgan do’konlarni aniq bilishimiz kerak. I-sigaretalar yoshlar qo’liga tushmasin deymiz”, - deydi shahar sog’liqni saqlash tashkilotidan Soniya Anjel.

Uning idorasi yuzlab do’konlarning litsensiyasini bekor qilgan. Do’kon egalari esa qo’yilayotgan talablar juda yuqori, ko’pchilik ishini yo’qotishi ehtimoldan xoli emas, deya norozi.

“Litsensiyani bir yo’qotdingizmi, qaytarib olishning iloji yo’q deb eshitganman. Juda qiyin. Ko’pchilik biznesdan chiqib ketadi”, - deydi sotuvchi Kamol Ahmed.

Elektron sigaretaga o’rgangan yoshlar, deydi shifokorlar, keyinchalik tamaki chekishga o’tishi ham mumkin.

Federal hukumat yil oxirigacha i-sigeratalar ishlab chiqarish sanoatini tartibga solishni mo’ljallamoqda.