Qohirada to’polon, tanklar tortildi

  • Amerika Ovozi
Misr armiyasi poytaxt Qohirada prezident qarorgohi atrofiga tanklar tortib, namoyishchilardan tarqalishni talab qilmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish, 6-dekabr, 2012-yil


Prezident Muhammad Mursiy tarafdorlari va unga qarshilar ikki kundirki olishib, natijada besh kishi halok bo’lgan, 350 dan ziyod fuqaro jarohatlangan.

Armiya talabi shuki, odamlar markaziy maydonni bugun kunduz soat 3 da bo’shatib qo’yishi lozim. Bu orada, rahbar Mursiy ham kechroq xalqqa murojaat bilan chiqmoqchi.

“Amerika Ovozi” muxbiri Elizabet Arrotning Qohiradan xabar berishicha, hech bir tomon bo’sh kelmoqchi emas. “Asablar tarang. Urushayotgan tomonlar bir-biriga bomba, tosh otib, uchraganni do’pposlayapti”, - deydi u.

To’polon kecha, prezident Mursiyning tarafdorlari muxolifatchilarga hujum qilgach, avj olgan. Misr rahbari o’tgan oy prezident vakolatlarini keskin oshirganidan beri mamlakatda norozilik kayfiyati kuchli.

Oppozitsiya uni diktatorga qiyoslamoqda. Mursiyning Musulmon Birodarlar partiyasining ayrim idoralariga o’t qo’yilgan.