AQSh senatorlari va diplomati Misrda

  • Amerika Ovozi

Misr muvaqqat prezidenti Odil Mansur (o'ngda) AQSh davlat kotibi muovini Uilyams Berns bilan Qohirada muloqot qilmoqda

AQShning ikki senatori va bir diplomati Qohirada sobiq prezident Muhammad Mursiy tarafdorlari va uni hokimiyatdan chetlatgan harbiylar hamda muvaqqat hukumat a’zolari bilan uchrashmoqda. Qo’shma Shtatlar tomonlarni zo’ravonliklarni bas qilib, murosa va muzokaraga chaqirmoqda.

AQSh davlat kotibi muovini Uilyams Berns “Musulmon birodarlar” harakatining qamoqqa tashlangan rahbarlaridan biri Hayrat al-Shatir bilan ham uchrashgan. Senatorlar Lindsi Grexem va Jon Makkeyn muvaqqat hukumat bilan muloqot qilgan.

“Musulmon birodarlar” yetakchisi Muhammad Badi oy oxirida sud qilinishi mumkin. Agar ushlansa. U zo’ravonliklarni uyushtirganlikda ayblanmoqda. Mursiy tarafdorlari namoyish qilib, hukumatdan sobiq prezidentni ozod etishni talab qilmoqda.