Misrda prezident Muhammad Mursiyni hokimiyatdan chetlashtirgan harbiylar mamlakatning keyingi taraqqiyoti yo’llarini muhokama qilmoqda. AQShning milliy xavfsizlik masalalari bo’yicha sobiq davlat maslahatchisi Brent Skaukroft "Amerika Ovozi"ga bergan intervyusida Misrdagi vaziyat va AQShning yordami haqida fikr bildirdi.
Skaukroftga ko'ra, AQSh Misrda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni tiklashda ko’maklashishi kerak.
“Hozir Misrda siyosiy tizim, ya’ni konstitutsiya, saylov, saylovchilar manfaatlarini aks ettiradigan hukumatdan tarkib topgan siyosiy tizimni o’rnatish kerak. Mamlakat bu jarayonning eng ilk bosqichida. Jarayonni shunday boshqarish kerak-ki, hamma undan zarar emas, foyda ko’rsin. Eng qiyini shu,” - deydi u.
Bir yil avval demokratik yo’l bilan saylangan prezident Muhammad Mursiy shu yilning 3-iyulida generallar tomonidan hokimiyatdan chetlashtirildi. Mursiyga qarshi kuchlar hamda uning tarafdorlari ko’chalarga chiqdi. Mamlakat hanuz tinchiganicha yo'q.
Iste’fodagi gerenal-leytenant Skaukroft hodisa davlat to’ntaruvimidi, degan savolga bunday javob beradi:
“An’anaviy ma’noda to’ntaruv bo’lmadi. Gap shundaki, Misr nihoyatda murakkab davrni boshdan kechiryapti. Misr jamiyati ustunlaridan biri armiyadir. Bu mamlakat harbiylari uni boshqarishga intilmaydi, ular davlat to’g’ri, yaxshi boshqarilsin, deydi. Farq ham shunda”.
Ayrim ekspertlar fikricha, davlat to’ntaruvimi yoki yo’q, degan savolga javobni qiyinlashtirayotgan omil – AQShning Misrga ajratib kelgan yordami. Chunki AQSh qonunlariga ko’ra, demokratik yo’l bilan saylangan davlat rahbari to’ntaruv orqali hokimiyatdan chetlashtirilsa, AQSh bu mamlakatga yordamni to’xtatishi kerak. Shu bois Obama ma’muriyati Misrdagi hodisalarga aniq-tiniq ta’rif bermadi.
Vashington har yili Misrga 1,3 milliard dollar harbiy yordam ajratadi.
1975-77- yillarda Jerald Ford, so’ngra Jorj Bush (1989-93) ma’muriyatlarida milliy xavfsizlik masalalari bo’yicha maslahatchi bo’lib xizmat qilgan Skaukroft bunga tushuntirish beradi:
“1,3 milliard dollar - bu biz har yili Isroilga ajratadigan yordamning muayyan qismi. 1979-yilgi Isroil va Misr o’rtasidagi bitimni mustahkamlash uchun ajratila boshlangan. Bu shunchaki yordam emas, o’sha bitim uchun yordam. Bitim imzolanganidan buyon AQSh yordam ajratib keladi. Bu harbiy madad emas, bitimni mustahkamlaydigan madad”.
Ayrim qonunchilar yordamni to’xtatish kerak, demoqda. Skaukroft esa bunday qaror salbiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantiradi.
Ma’lumotlarga ko’ra, Misrdagi iqtisodiy ahvol og’ir, elektr toki va benzin tanqisligi kuzatilmoqda, inflyatsiya baland, ishsizlar ko’p.
Birinchi navbatda, iqtisodni barqarorlashtirish zarur, deydi Skaukroft:
“Misr daromadining asosiy manbasi – turizm. Hozirda sayyohlar deyarli yo’q. Bu esa iqtisod uchun jiddiy zarba. Chet eldan Misrga yuboriladigan pul o'tkazmalari ham kattagina daromad manbai edi, ammo u ham hozir kamaygan. Iqtisodiy muammolar talay. Misrliklar yordamga muhtoj. AQSh esa yordam bera oladigan davlat. Madadni oshirish orqali emas, iqtisodni to’g’ri boshqarishni o’rgatish orqali”.
Harbiylar ham yordam bera oladi, der ekan suhbatdosh AQSh mudofaa vaziri deyarli har kuni Misr armiyasi qo’mondoni bilan muloqot qilayotganini ijobiy misol sifatida keltiradi.
Yaqin Sharq uchun Misrdagi barqarorlik katta ahamiyatga ega, deydi Brent Skaukroft. “Misr tinch va osoyishta bo’lmasa, mintaqada jiddiy muammolar boshlanishi aniq”.