Chingiz Aytmatov, uning qardoshlikka da’vatlarini xotirlab

Etnik nizoga sahna bo’lgan Qirg’izistonda Aytmatov va uning g’oyalari hozir qanday o’rin tutadi?

Taniqli qirg’iz adibi Chingiz Aytmatov shaxsiyati, asarlarini yod etish maqsadida yaqinda Bishkekda katta anjuman o’tdi.

To’rt yil oldin olamdan o’tgan yozuvchi umuminsoniy qadriyatlar, do’stlik, qardoshlik kuychisi edi.

O’z asarlari va chiqishlarida aynan shuni targ’ib qilar edi. Xo’sh, etnik nizolarga sahna bo’lgan Qirg’izistonda Aytmatov va uning g’oyalari hozir qanday o’rin tutadi?

"Amerika Ovozi" o’shlik adabiyotshunos, yozuvchi Qo’ldosh Mirzo bilan suhbatda bo'ldi.