Amerika iqtisodiyoti sal bo’lsa-da qaddini rostlagandek, ammo ko’chmas mulk bozorida savdo hamon sust.
To’rt yil oldin Amerika va dunyoni larzaga solgan moliyaviy inqiroz ayniqsa ko’chmas mulk bozorini ostin-ustun qildi.
Kaliforniya, Nevada va Florida shtatlari katta zarar ko’rdi. Minglab odamlar kreditni o’z vaqtida to’la olmay uyidan ayrildi.
"Iqtisodchilar nazarida kelasi ikki, uch, balki to’rt yilda Florida, ayniqsa, uning janubi-sharqiy qismi oyoqqa turadi", - deydi Veysi.
Ko’chmas mulk agentlari uyushmasi hammasi yaxshi bo’ladi deb tinchlantirishga harakat qilsa-da, millionlab amerikaliklar uy uchun kreditni to’la olmay xunob. Davlat ahvoli og’ir oilalarga yordam berish uchun yaqinda yangi dastur tanishtirdi. Lekin u hali Kongress tasdig'idan o'tmadi.
Romni nazarida muammo bor, davlat buni tan oladi, ammo odamlarning o’zi oyoqqa turishi kerak, banklar o’zini o’zi tiklashi lozim.
Veysi bunga fikrga qo’shilmaydi. Uning nazarida respublikachi da’vogarlar saylov kampaniyasi paytida ipoteka masalasiga jiddiy e’tibor berishi kerak.
"Yaqinda uy sotib olgan odamlarga foiz stavkalarini tushirishda, uylarini saqlab qolishda qanday yordam bera olishadi? Mana shular haqida gapirish kerak. Uy-joy masalasi saylovlarda muhim mavzu bo’lishi zarur", - deydi u.
Ko’chmas mulk agentlari uyushmasi rahbariga ko’ra, dekabr oyida ipoteka bozori chaqqon bo’lmagan bo’lsa-da, ahvol sekin-asta yaxshilanmoqda. Ikkilamchi savdo kuchayayapti, uy qurilishlari jonlanmoqda, foiz stavkalari hali bu qadar past bo’lmagan.