Breaking News

Inqiroz sabab nafaqat to'y qilish, hatto ajrashish ham qiyin


Inqiroz sabab nafaqat to'y qilish, hatto ajrashish ham qiyin
Inqiroz sabab nafaqat to'y qilish, hatto ajrashish ham qiyin

AQShda nikohdan o’tmay birga yashayotgan juftliklar soni o’tgan bir yil ichida 13 foizga ko’paygan. Asosiy sabab, deydi masalani o’rganib chiqqan ekspertlar, moliyaviy yetishmovchilik. To’y qilishga pul yo’q.

Nyu-Jersi shtatidan Charli Pinto ismli yigit sevgilisiga shu yil boshida uylandi. Oliygohda bir o’qishgan. Bugungi hayotidan mamnun. Charlining aytishicha, to’y qilishga ikkala yoshning ota-onasi yordam berdi.

“Oilalarimizning yordamisiz to’y qila olmasdik, chunki bizning bunga pulimiz yoq edi”.

Inqiroz sabab nafaqat to'y qilish, hatto ajrashish ham qiyin
Inqiroz sabab nafaqat to'y qilish, hatto ajrashish ham qiyin

Charli internet kompaniyasida ishlaydi. Uning rafiqasi Treysi esa o’qituvchi. AQShda hozir to’y qilish o’rtacha hisobda 25 ming dollarga tushadi.

Ko’pchilik uchun bu nihoyatda katta pul. Lekin turmush qurmoqchi bo’lganlar buncha mablag’ sarflashi shart emas. Nikohdan o’tish bor-yo’g’i 25 dollar.

Dunyoning boshqa qismlarida bo’lgani Amerikada ham orzu-havas, o’bro’-e’tibor, ota-ona qilgan niyatlarni hurmat qilish, ularning boshini yerga qaratmaslik, mehmon kutib, qarindosh-urug’lar bilan quvonchli damlarni birga nishonlash degan qadriyatlar bor. Shunday ekan, kichik to’ylar ham dabdabali bo’lib, bir dunyo pul sarflab qo’yganingizni o’zingiz ham sezmay qolasiz.

Inqiroz sabab nafaqat to'y qilish, hatto ajrashish ham qiyin
Inqiroz sabab nafaqat to'y qilish, hatto ajrashish ham qiyin

To’yku o’tadi ketadi, keyin esa ro’zg’or tebratish kerak.

Sotsiolog D’Vera Konning izohlashicha, erkak kishi uylanishi uchun oilani boqa olishi kerak deb hisoblashadi. Ammo bugun ayoldan ham shu kutiladi. Turmush qurish uchun ishli, maoshli bo’lish kerak.

Ishsizlar soni hozir Amerikada misli ko’rilmagan darajada. Birga yashashi mumkin, lekin katta to’y qilish, uy-joy olish, farzandli bo’lish – murakkab masalalar.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, bugun Amerikada qizlar o’rtacha 26, erkaklar esa 28da oila quradi. Boshqa jamiyatlarda bo’lgani kabi oliy ma’lumotli shaxslar kechroq uylanadi, erga tegadi.

Ba’zilar uchun turmush qurish qiyin bo’lsa, boshqa amerikaliklarning ajralishga qurbi yetmaydi.

Inqiroz sabab nafaqat to'y qilish, hatto ajrashish ham qiyin
Inqiroz sabab nafaqat to'y qilish, hatto ajrashish ham qiyin

Huquqshunos-advokat Senford Eyn ajralish masalalari bilan shug’ullanadi. Uning kuzatishicha, iqtisodiy inqiroz boshlanganidan buyon nikohdan chiqayotganlar kamaydi.

“Odamlarning ajrashib, alohida yashashga holi yo’q. Bir-biringizni yoqtirmasangizda, pulni ayash uchun, bir xonadonda yashashga majbursiz”.

Buning oqibatida esa er-xotin osonlikcha ajrashib ketmay, turmushini yo’lga qo’yishga harakat qilmoqda, deydi advokat.

Ayni vaqtda, mulk talashgan juftliklar ham ko’p. Bunday hollarda nikohsiz yashab kelganlar, ya’ni qonun oldida turmush qurmaganlarning holi voy. Huquq va vakolat ancha cheklangan.

Tadqiqotlardan ma’lumki, AQShda ilk marta oila qurganlarning 40 foizdan ortig’i, ikkinchi marta nikohga kirganlarning qariyb 60 foizi, uchinchi yo’ki undan ko’p marotaba uylangan yoki erga tekkanlarning 70 foizdan ziyodi ajrashib ketadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG