Fransiya Afg’onistondagi jangovar missiyani yakunladi

  • Amerika Ovozi
Fransiya Afg’onistondagi jangovar missiyani yakunlab, qo’shinlarini olib chiqmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish, 20-noyabr, 2012-yil


Prezident Fransua Ollandning amaliyotni erta tugatish rejasiga muvofiq, 500 jangovar askar bugun Kapisa viloyatini tark etgan.

1500 nafar fransuz zobiti mamlakatda qolib, mahalliy qo’shinlar malakasini oshirishga yordam beradi.

Afg’onistonda NATO boshliq koalitsiya safida zobitlari soni bo’yicha Amerika, Britaniya, Germaniya va Italiyadan keyin Fransiya beshinchi o’rinda edi. 2001-yildan beri bu davlat 88 harbiysidan ayrilgan.

Ayniqsa, 2011-2012-yillarda talofatlar oshib, yanvarda afg’on zobiti besh fransuz askarini otib o’ldirgach, rasmiy Parij missiyani muddatidan oldin tugatishga qaror qilgan edi.

NATOning 100 ming kishilik koalitsiyasi Afg’onistonni ikki yildan keyin, 2014-yil oxirigacha tark etadi.

Tolibon barcha davlatlarni Fransiyadan o’rnak olishga da’vat etmoqda.