Fransiya vokzalidagi terror hujumida ikki ayol pichoqlangan

  • Amerika Ovozi

Fransiyaning Marsel shahridagi poyezd vokzalida bir erkak ikki ayolni pichoqlagan. Xavfsizlik xodimlari hujumchini otib o'ldirgan. Voqea terakt deb baholanmoqda, deydi rasmiylar.

Marsel politsiya boshqarmasi Seint Charlz stansiyasida jami uch kishi o'lganini tasdiqladi. Poyezdlar qatnovi to'xtagan.

Guvohlar pichoq ko'targan kishi hujum paytida "Allohu akbar" deb hayqirganini aytadi. Islomiy jangarilar Fransiyada 2015-yildan buyon qator hujumlarni amalga oshirdi.

2015-yilning noyabrida Parijning turli qismlarida otishma va portlashlarda jami 130 kishi, 2016-yilning iyulida Nitsa shahrida esa yuk mashinasi odamlarni yoppasiga bosib ketib, 86 kishi halok bo'lgan edi.