Gruziya prezidenti Mixail Saakshvilining aytishicha, bugungi parlament saylovlari mamlakat taqdiri va kelajagini belgilovchi muhim omillardan. Saakashvili boshchiligidagi Birlashgan milliy harakat partiyasi 150 o’rinli parlamentda ustunlikni saqlab qolishga umid qilmoqda.
Rossiyaga xayrixoh milliarder Bidzina Ivanishvilining “Gruziya orzusi” koalitsiyasi hukmron partiyaga asosiy raqib. Yangi parlament kelasi yili yangi bosh vazirni saylaydi. Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarishlarga ko’ra prezident vakolatlarining bir qismi bosh vazirga topshirilgani bois bu lavozimning nufuzi oshgan.
Saakashvilining aytishicha, saylovlarda raqib koalitsiya g’alaba qozonsa, Gruziya G’arbdan uzoqlashib, Moskva ta’siriga tushib qoladi.
Ivanishvili bu da’volarni inkor etmoqda. Muxolifat prezidentni diktatorlikda ayblab keladi. 2008-yilda Janubiy Osetiya ustidan Rossiya bilan bo’lgan urush ham, ular nazarida, Saakashvilining aybi.
Saylovlarni 51 mingdan ziyod xalqaro mutaxassis kuzatadi. Saakashvili sakkiz yildan beri prezident ekan, saylovlar unga bo’lgan ishonch darajasini namoyish etadi.
Davlat rahbarining vakolati kelasi yili tugaydi. Ayrimlar undan norozi. Tbilisilik ishchi Tea Konladzening aytishicha, Ivanishvili mamlakatni iqtisodiy yuksalishga yetaklay oladi.
"Ivanishvili Gruziyaning umidi. Osuda va farovon hayotni ta’minlay bera oladi u", - deydi saylovchi.
Shanba kuni poytaxtda Ivanishvilining 100 mingga yaqin tarafdorlari namoyish qilib, Saakashvili saylovlarni Tbilisida boy berishi mumkinligiga ishora qildi. Shunga qaramay prezidentning ishchilar orasida tarafdorlari talaygina.
Tbilisilik haydovchi Temurining aytishicha, Saakashvili korrupsiyaga qarshi samarali kurashib, ish o’rinlarini oshirdi, barqarorlikni ta’minladi. Politsiya va yo’l inspektorlariga ortiq pora bermaymiz, deydi u.
"Saakashvili sabab Gruziyaga xorijda munosabat ijobiy. Buning ketidan ko’p sayyohlar va sarmoyadorlar keladi. O’zini amalda isbotlagan rahbar afzalroq", - deydi bu odam.
Saylov kampaniyasi murosasiz kechdi. Hukumat Ivanishvilini, hatto fuqarolikdan ayirib, unga 60 million dollarlik jarima soldi, izdoshlarining ayrimlari hibsga olindi. Ivanishvili ham bo’sh kelmay Gruziya turmalaridagi qonunbuzarliklar tasvirlangan videoni ommaga namoyish etdi. Qamoqxona xodimlarining mahbuslarni qiynoqqa solishi, zo’rlashi Saakashviliga ovoz bermoqchi bo’lgan fuqarolarning bir qismini undan bezdirdi.
Ulardan biri Bella Dzebikashvilining aytishicha, qo’rquvda yashab bo’lmaydi.
"Doim shivirlab gapirishga to’g’ri keladi", - deydi u.
Saylovlarning dastlabki soatlari tinch o’tgani xabar qilinadi.
Yevropalik talaba kuzatuvchilar harakati raisi, gollandiyalik Leander van Deldenning aytishicha, ayrim joylarda mayda qonunbuzarliklar mavjud, ammo umuman olganda jarayon normal kechmoqda.
http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1518116&w=640&h=506&skin=embeded