Qo'shma Shtatlar tinchini yo'qotgan davlatlar safiga qo'shildi

  • Amerika Ovozi

O'tgan yili terrorizmdan jabr ko'rgan davlatlar soni har qachongidan oshdi. Oxirgi yetti yilda ilk bor Qo'shma Shtatlar ham tinchini yo'qotgan davlatlar safiga qo'shildi, deyiladi Global Tinchlik ko'rsatkichi (Global Peace Index) hisobotida.

O'tgan yili terrorizmdan jabr ko'rgan davlatlar soni har qachongidan oshdi. Oxirgi yetti yilda ilk bor Qo'shma Shtatlar ham tinchini yo'qotgan davlatlar safiga qo'shildi, deyiladi Global Tinchlik ko'rsatkichi hisobotida.

Tahlilda dunyodagi mojarolar ko'lami va buning iqtisodiy asoratlari aks etgan. O'tgan bir yilda nizolar jahon iqtisodiga 14 trillion dollardan oshiq zarar keltirdi.

Talafotlar, qonli hujumlar, to'polonlar va siyosatchilarga qarshi namoyishlar global iqtisodga tillionlab dollarlik ziyon qildi. Jumladan, Amerikaga.
Tahlilga ko'ra, bu ixtiloflar 10 yildirki jahon tinchini buzib kelmoqda. Iqtisod va Tinchlik Instituti chiqargan yillik hisobot konfliktlar va xavfsizlik ko'lamiga nazar tashlaydi. Mishel Breslauer institut vakilasi:

"Global miqyosda tinchlik ko'rsatkichi yaxshilangan bo'lsa-da, alohida davlat va mintaqalarda, xususan, Amerika, Yaqin Sharq va Afrika shimolida vaziyat og'irlashmoqda. Tinch va beqaror mamlakatlar o'rtasida tafovut tobora keskinlashib borayapti", - deydi u.

Qo'shma Shtatlarda 2016-yilda prezident saylovlari ortidan siyosiy tarqoqlik, irqchilik bilan bog'liq namoyish, g'alayonlar va terror xurujlari bu mamlakatda tinchlikka putur yetkazgan.

"AQSh 11 o'ringa pastladi. 163 davlat orasida 114 o'rinda. Amerika jamiyatida nifoq, g'alayonlar ko'proq kuzatilayapti", - deydi Breslauer.

Hisobotga qaraganda, rekord sondagi o'lkalar - 23 davlat terrorizm xavfi bilan yuzlashgan. Yevropa esa, garchi Fransiya, Bryussel va London xurujlarga sahna bo'lgan bo'lsa-da, eng osuda region deya tan olindi.

Suriya mana besh yildirki dunyodagi eng beqaror manzil bo'lib qolayapti.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 1-iyun, 2017-yil