Zamonaviy qullikka doir joriy yilgi global tahlilga ko'ra, jahonda 45,8 million odam bugun qul qilib ishlatilmoqda. Shulardan uchdan ikki qismi Osiyo-Tinch okeani davlatlarida.
"Global Slavery Index" nomli izlanishni Avstraliyada asoslangan "Walk Free Foundation" (Erkin yur jamg'armasi) o'tkazgan. Jamg'armaga avstraliyalik davlatmand homiy Endryu Forrest asos solgan.
Tahlil 25 davlatda yuzma-yuz intervyu holida amalga oshirilgan va unda jahon aholisining deyarli yarmi (44 foizi) aks etgan.
Jamg'arma bosh direktori Fiona Deyvidning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, qullikdagi inson jabr qilayotgan tomonga qarshilik qila olmaydi, o'sha sharoitdan chiqib keta olmaydi.
Majburiy mehnatga jalb etilayotgan odamlarning 58 foizi Hindiston, Xitoy, Pokiston, Bangladesh va O'zbekistonda.
Zamonaviy qullik ko'rsatkichi eng yuqori bo'lgan 21 davlat Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikada.
Fiona Deyvidning aytishicha, izlanishdan maqsad jahon hamjamiyatiga muammo qanchalik dolzarb ekani, zarur choralar ko'rish lozim ekanini eslatishdir.
Hisobotga ko'ra, O'zbekiston paxta ishlab chiqarish bo'yicha jahonda oltinchi o'rinda. Paxta terimi paytida fuqarolar majburlab dalalarga haydaladi. Xalqaro tashkilotlarning kuzatuvi oqibatida rasmiy Toshkent vaziyatni yaxshilash sari qadam tashlagan.
Ammo 2015-yilgi raqamlarga qaraganda, O'zbekistonda bir milliondan ziyod odam paxta terishga majbur qilingan. Mamlakatda bir million 236 mingdan oshiq odam zamonaviy qullikda yashab ishlashga majbur, deyiladi "Global Slavery Index" tahlilida.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5