Yangi yil oldidan Gollivud o’z yangi filmlarini tanishtiradi. Bayram kunlari kinoteatrlar gavjum. Trillerlar, klassik asarlarga asoslangan kartinalar, afsonaviy va fantastika janridagi sarguzasht filmlar… Kino olami hamma narsaning hisobini qiladi.
(Video maqola oxirida)
Shu kunlarda katta ekranga chiqqan kartinalar orasida ayrimlari “Oskar” mukofotiga da’vogarlik qilishi mumkin. 10-yanvar, nomzodlar e’lon qilinadigan kunga oz qoldi.
Anna Karenina… Rus adibi Lev Tolstoyning mumtoz asari yana bir bor ekranda, yana bir kino ustasi talqinida. Liboslar – maftunkor, musiqa yurakni ezadi, ijro – a’lo.
Kira Naytli - Anna Karenina.
“Tarixiy filmlar muayyan qoidalar asosida ishlanadi, lekin biz ularning hammasini buzdik. Anna Karenina ko’p marta film qilingan. Biz yangicha yondashdik”.
Anna Karenina, zodagon, go’zal, oilali juvon ofitser graf Vronskiyni sevib qoladi. Sohibjamol Anna jamiyatdagi normalarni buzadi va oqibatda qattiq aziyat chekadi. Fojiali muhabbat qissasi bu.
Rejissyor Jo Rayt fikricha XIX asrda Rossiya aristokratiyasi juda tor va qabih bir doira bo’lgan. Boylikka qaramay bu davrda ayollar ruhan ezilgan, toptalgan.
Anna o’zini poyezd tagiga tashlab o’ldiradi.
“Oskar” ga ko’rsatilishi kutilayotgan yana bir film “Payning hayoti” deb nomlanadi. Tirikchilik va e’tiqod haqida.
Uni “Oskar” sohibi, taniqli rejissyor Ang Li ishlagan. Kartina kinematografiya jihatdan yuksak asar deya baholanmoqda. Raqamli texnologiyadan keng foydalanilgan.
Tarixiy triller deya ta’riflangan “Argo” filmi esa 1979-yilda Erondagi islomiy inqilob va Amerika rolini aks ettiradi. Markaziy Razvedka Boshqarmasi olib borgan yashirin operatsiya hikoyasi.
Bosh rolni ijro etgan Ben Afflek kino rejissyori hamdir. Real voqealarga asoslangan. Lekin tomosha qilib, nahotki deya hayron qolasiz.
“Xobbit” esa afsonaviy-fantastik film. Yangi zelandiyalik kino ustasi Piter Jeksonning shu singari boshqa kartinalarini, jumladan “Uzuklar qiroli” trilogiyasini sevib tomosha qilgan muxlislar uchun bu Yangi yil sovg’asi.
Viktor Gyugoning “Xo’rlanganlar” asari - musiqiy drama shaklida. Tom Xuper unga rejissyorlik qilgan.
“Adaptatsiyada klassik kitobga sodiq turdik. Mazmun va obrazlar buzilmadi”, - deydi u.
Bosh rollardagi Enn Xatauey va Xyu Jekman qo’shiqlarni o’zlari ijro etgan. Obrazga moslashish uchun ozgan.
“Xo’rlanganlar” asaridagi ashulalar G’arb sahnalarida azaldan maroq bilan kuylanadi.
Kartinalar allaqachon yuzlab million daromad qilib bo’ldi va tomoshabinlarni o’ziga qaratishda davom etmoqda. “Oskar” oladimi-yo’qmi, bu 2013-yilning 24-fevralida ma’lum bo’ladi.
Your browser doesn’t support HTML5