Yangi yil arafasida Indiana shtatining Blumington shahridagi "Author House" nashriyoti Indiana Universiteti magistranti o’zbekistonlik Mahmuda Saydumarovaning "O’zbek hikoyalari to'plami" (A Collection of Uzbek Short Stories) kitobini ingliz tilida chop etdi. Biz muallif bilan uning yangi kitobi va hozirgi ijodiy faoliyati haqida suhbatda bo’ldik.
Mahmuda Saydumarova Marg'ilon shahrida tug'ilib, o’rta maktabga Toshkentda qatnay boshlagan, ammo otasining ilmiy-pedagogik xizmat safari munosabati bilan o’qishini Saudiya Arabistonida davom ettirgan. Maktabni bitirgach, Riyoddagi Podshoh Saud Universitetining filologiya fakultetiga o'qishga kirib, uni 2010-yili "Ingliz filologiyasi" mutaxassisligi bo'yicha birinchi darajali imtiyozli diplom bilan bitirgan. O’tgan yili esa Indiana Universitetidan magistrlik darajasini olib, ingliz tilini chet tili sifatida o'qitish bo’yicha mutaxassis bo’ldi.
Mahmuda Saydumarovaning “O’zbek hikoyalari to’plami” AQShda chop etilgan birinchi asari.
- O'zbek hikoyalarini inglizchaga tarjima qilib chop etish fikri sizda qanday tug'ildi? Bu haqda Amerikada o'qigan joyingizda ilmiy ishingiz doirasida shug'ullandingizmi, amerikalik o'quvchilardan talab bo'ldimi yoki bu mustaqil loyihangizmi?
- Kitobxonlar, odatda, boshqa xalqlarning adabiyoti va madaniyati bilan tarjima asarlari orqali tanishadilar. Toshkentda 1997-yildan buyon nashr etilayotgan "Jahon adabiyoti" jurnali ham o'zbek kitobxonlarini dunyoning turli xalqlari adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boradi. Arab mamlakatlarida ham mana shunday jurnallar mavjud. Masalan, Saudiya Arabistonidagi "Navafiz" ("Oynalar") jurnali, Quvaytdagi "Ebda'at alamiyya" ("Jahon badiiy ijodiyoti") to'plami ham arab o'quvchilarini dunyo xalqlari adabiyoti bilan tanishtirib boradi. Saudiyadagi Podshoh Saud Universitetining filologiya fakultetida "Ingliz tili va adabiyoti" mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan paytimda menda o'zbek adabiyoti namunalarini ingliz tiliga tarjima qilib, ingliz tilida o'qiydigan kitobxonlar e'tiboriga havola qilish niyati tug'ilgan edi. Indiana Universitetiga magistraturaga o'qishga kelganimda ana shu niyatimni amalga oshirishga astoydil bel bog'ladim.
Men universitetda badiiy tarjima yoki tarjima nazariyasi bo'yicha emas, balki amaliy tilshunoslik va TESOL mutaxassisligi bo'yicha o'qidim. Shuning uchun ham bu mening mustaqil loyiham edi deb ayta olaman.
- Ilgari ham xorijda tarjimalaringiz yoki boshqa asarlaringiz chop etilganmi?
- "O'zbek hikoyalari to'plami" mening badiiy tarjima borasidagi birinchi ijodiy ishim.
- O'zbek adabiyotiga xorijliklarning qiziqishi, bahosi qanday?
- Men hali yuqorida tilga olgan arab davlatlaridagi jurnallarda o'zbek adabiyoti namunalaridan tarjimalar nashr etilganida Saudiya Arabistoni, Suriya, Misr, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari kabi ko'plab arab davlatlari matbuotida bu adabiy asarlar haqida bir qancha ijobiy fikrlar bildirilgan edi. Masalan, Quvaytdagi "Ebda'at alamiyya"da Tohir Malikning arab tilida chop etilgan "Ajib dunyo" hikoyasi haqida falastinlik adib Mahmud Abdulmalik Saudiya Arabistonidagi "Al-Faisal al-Adabiya" jurnalida 20 betlik maqola yozgan edi. Ana shu maqolani men o'zbek tiliga tarjima qilganman va uni "Jahon adabiyoti" jurnali bir oz qisqartirib nashr qilgan.
Amerika ko'p millionli aholisi bo'lgan bepoyon o'lka. Men ingliz tiliga tarjima qilgan ushbu mo'jazgina hikoyalar to'plami amerikalik kitobxonlarda va butun dunyoda ingliz tilida o'qiydigan kitobxonlarda adabiyotimizga, madaniyatimizga qiziqish uyg'otadi va ular o'z baholarini beradilar, deb umid qilaman.
- Kitob uchun hikoyalarni qanday tanladingiz?
- Hozirgi zamon o'zbek adabiyoti ming yillik tarixga ega bo'lgan adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini o'zida mujassamlashtirgan va ayni paytda hayotda yuz berayotgan voqealarni ifoda etgan realistik adabiyotdir. Men to'plam uchun o'zbek xalqi ijtimoiy-madaniy hayotining turli davrlariga xos turli mavzulardagi hikoyalarni tanlab olishga harakat qildim. G'ofur G'ulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad kabi buyuk yozuvchilarimizning nomlari ularning asarlari qanday ekanidan dalolat beradi. Masalan, Said Ahmadning "Kelinlar qo'zg'oloni" hikoyasini tinglovchilarimizga tasvirlab berishga hojat yo'q deb o’ylayman.To'plamga kiritilgan Xayriddin Sultonovning "Bunchalar achchiqsan, ey shirin hayot" nomli tarixiy hikoyasi rus bosqinchilariga qarshi kurash qahramoni, ozodlik harakati boshchisi, "Oloy malikasi" nomini olgan keksa ayol Qurbonjon Dodxoh haqida hikoya qiladi. 20-asrning 17-yillaridagi inqilob tufayli xalq boshiga tushgan fojiali holatlarni tasvirlagan G'ofur G'ulomning "Mening o'g’rigina bolam" hikoyasi ham to’plamdan joy olgan. Undagi ba'zi asarlar satirik mavzularda bo'lsa, ba'zilari ajdodlar va avlodlar munosabati, atrof-muhitga ikki xil nuqtai-nazar bilan qarash masalasini ko'taradi. Sa'dulla Siyoyevning "Bir oy mister bo'lganim” hikoyasida esa muallif amerikalik sayyoh bilan muloqot va yozishma orqali o'zbek xalqining urf-odatlarini tasvirlaydi, o'zbek tarixiga oid ba'zi faktlar orqali o'z millati, o'z xalqidan faxrlanishini tasvirlaydi.
- Xorijda, xususan, siz o'qigan universitetda o'zbek tili, adabiyotini o'rganish bo'yicha qanday ishlar qilinmoqda? Qanaqa markazlar bor?
- Men o'qigan Indiana universitetida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoni o'rganishga ixtisoslashgan kuchli markaz mavjud bo'lib, unda sharq tillari qatorida o'zbek tili ham o’rgatiladi. O'zbek tilini o'rganayotgan amerikalik talabalarning amaliy mashg'ulotlariga ham qatnashib turdim. O’tgan noyabrda Indiana Universitetiga O'zbekistonning AQShdagi elchisi Ilhom Ne'matov tashrif buyurganlarida, o'qituvchi va talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. O’shanda ayrim talabalar elchi janoblariga o'zbek tilida murojaat qilganlarida juda faxrlandim.Bu markazning ilmiy-pedagogik faoliyatida o'zbekistonlik mutaxassislar Malik Xo'jaev, Rahmon Inomxo'jaev, universitet bibliografi Akram Habibullaevlarning xizmatlari katta. 2011-yil noyabr oyidan beri "O'zbekcha-inglizcha lug'at" tuzish bo'yicha faoliyat olib borayotgan Umida Hikmatullayeva tashabbusi bilan universitetda O'zbek olimlari va talabalari assotsiatsiyasi (UzSSA - Uzbek Scholar and Student Association) tuzildi.
- Endigi ijodiy va ilmiy rejalaringiz qanday?
- Men endigina magistraturani bitirib, Amerikadan Toshkentga qaytib keldim. Eng birinchi galdagi rejam – mutaxassisligim bo'yicha ishlash, ya'ni ingliz tilidan dars berish. Kelgusida esa o'zbek adabiyotidagi ba'zi tarixiy hikoyalarni ingliz tiliga tarjima qilish niyatim bor.
Your browser doesn’t support HTML5