20 yildan buyon xorijda yashayotgan isyonkor shoirni vatanga qaytish umidi hanuz tark etmagan. Turli muddatlar bilan 13 marta qamoqda o’tirib chiqqan shoir O’zbekistondan 1992-yilda chiqishga majbur bo’lgan.
Yodgor Obid adabiyot bo’yicha oliy tahsilni Moskvada Maksim Gorkiy nomidagi adabiyot institutida oldi. Sovet davrida ko’plab she’riy kitoblari nashrdan chiqqan. Xorijda ham bir necha kitobi chop etildi. Asarlari rus, ingliz, nemis va italyan tillariga tarjima qilingan. Shoir hozir Avstriyada yashab ijod qiladi. U haqiqiy adabiyot uchun zamon va makonning ahamiyati yo’q, deb hisoblaydi.
“Biz qandoq nazarda qaramaylik, baribir, 70 yillik adabiyotimiz tarixi sovet adabiyoti degan nom bilan bog’liq, - deydi u. - Albatta, juda ko’p qurbonlar bo’lgan. Biz ularni yaxshi bilamiz, taqdirlariga achinamiz. Masalan, Botu degan shoir bo’lgan bir vaqtlar. Moskva matbuoti uni O’zbekistonda yangi Pushkin tug’ilibdi, deb yozgan edi. Shu qadar mashhur bo’lgan. Sovet adabiyoti haqida gapirganda, hammani chetga supurib chiqarib tashlamasligimiz kerak. Bu biz tomondan qilingan vahshiylik bo’ladi. Vahshiylikka qarshi vahshiylik bilan kurashib bo’lmaydi. Masalan, G’ofur G’ulom butun vujudi bilan kommunist bo’lgan. Lekin shunday ekan deb biz uning nomini o’zbek adabiyotidan o’chirib tashlay olmaymiz. Bu o’zbek adabiyotining tarixi”.
Yodgor Obid bolaligidan she’r yozadi. Bu unga onasidan meros o’tgan. Shoirlik orzuim, ammo unga hanuz erisha olganim yo’q, deydi u.
“Rahmatli onam g’azal yozganlar. Bu meros ozgina menga ham o’tgan. Kolxozning bir yillik hisobotlarida – kichkina bolaman – kolxoz raisi shundoq qo’ltig’imdan ko’tarib, stolga chiqarib qo’yardi-da, “O’qi, bolam” derdi. Men G’ofur G’ulomning “Sen yetim emassan” she’rini o’qiganimda, odamlar ho’ngrab yig’lashgan. Shu bolaligimdan she’r yozishni mashq qilaman va shoir bo’lishni orzu qilaman. Lekin hali shoir bo’ldim, deb aytolmayman”, - deydi u.
Shoirdan she’r nima, deya so’raymiz.
“Men Yozuvchilar uyushmasida ko’p yillar adabiy maslahatchi bo’lib ishlaganman. O’sha yerda ishlab yurgan paytlarim nasriy asarlar yozadigan yozuvchilar, ko’pincha, she’riyat butunlay boshqa olam, she’r yozgan odam hikoya yoza olmaydi, hikoya yozgan odam she’r yoza olmaydi va yozmasligi kerak, chunki bular boshqa-boshqa ikki dunyo, deb aytishganini ko’p eshitardim. Men hurmat qiladigan katta shoirlardan biri “She’r – bu shior” degan edi. Shoir xuddi kommunistik shior ko’tarib yurgandek she’r aytishi kerak, deb targ’ib qilishardi. Bu mutlaqo noto’g’ri narsa. She’r shior emas. U inson qalbi bilan bog’liq. Inson qalbidan tug’iluvchi va inson qalbiga yo’l topib boruvchi narsa”, - deydi Yodgor Obid.
Tuzum va mafkuralar o’zgaradi, lekin asl adabiyot doim bir xil bo’ladi, deydi shoir. Uning aytishicha, adabiyot ahli og’ir sharoit va davrlarda ham bir-birini qo’llab, haqiqiy asarlar yarata olgan.
“Mirtemir domlaga e’tiqodim juda baland edi. U mahbus sifatida Belomorkanal qurilishida majburiy mehnatda bo’lgan. Kanal mahbuslar mehnati bilan qurilgan. Aytishlariga qaraganda, Maksim Gorkiy shaxsan o’zi Stalindan so’rab, Mirtemir domlani ozodlikka chiqarib olgan, degan gaplar bor. Men buni domlaning Mirjalol degan o’g’illaridan ham eshitganman. O’sha paytda KGBning kaltagini yemagan birorta yozuvchi qolmagan. Lekin juda katta ishlarni qilgan olimlar bor. Masalan, Maqsud Shayxzodaning ishlarini, Shukrullo domlaning ishlarini tilga olish mumkin”, - deydi quvg’indagi o’zbek adibi.
Yodgor Obid nazarida, cheklov va tazyiqlar bo’lishiga qaramay, zamonaviy o’zbek adabiyotining eng gurkiragan davri sovet paytiga to’g’ri keladi.
“Qozoq yozuvchisi Sobit Muqonov Oybekning “Navoiy” romanini o’qiganda “Men Abayni yozib, ko’ldan dengiz yasadim, lekin Oybek dengizdan ko’l yasabdi”, deb aytgan ekan. Chunki sovet davrida adabiyotning to’g’ri ma’noda gurkirashiga yo’l qo’yilmagan. To’xtasin Jalolov degan yozuvchi bo’lardi. Rus bosqinchilariga qarshi kurashgan Qurbonjon dodxoh haqida “Oltin qafas” degan roman yozgani uchun 10 yil qamoqda o’tirib chiqqan. Shunga qaramay shu kitoblar, asarlar paydo bo’lgan paytlarni adabiyotimizning yuqori, gurkiragan davrlari deb aytishimiz mumkin. Lekin haqiqiy ma’noda gurkirashiga qoliplar, shablonlar yo’l bermagan”, - deydi shoir.
Qariyb chorak asrdan beri xorijda yashayotgan adib haqiqiy ozodlik va ijodiy erkinlik qanday bo’lishini chet elga chiqqandan keyin tushundim, deydi.
“Sovet davri sharoitida, muhitida o’sganmiz. O’sha davrning tarbiyasini olganmiz. Lekin men qo’limga dastlabki qalam olgan paytlarimda ham o’zimning erkinligimni saqlab qolishga harakat qilganman. Ko’p narsa qo’limdan kelmagan, albatta. Ko’p marta qamalishga ham to’g’ri kelgan. Lekin bunchalik erkin bo’lish mumkinligini men chet elga chiqqandan keyin ko’rdim”, - deydi u.
Bu yerda ijod erkinligi bor, ammo nashr qilish imkoniyatim cheklangan, deydi shoir. Shunga qaramay, Yodgor Obid ijoddan to’xtagani yo’q. Xorijda ham bir necha kitob chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Avstriyalik ijod ahli nazariga tushdi. Taniqli bastakor Tomas Turnxer shoirning nemis tiliga o’girilgan o’nta she’riga musiqa bastaladi.
“Men kelganimda tilni ham, lotin harflarini ham bilmasdim. Noshir ham izlagan emasman. Bu yerda avstriyalik do’stlarimiz so’rab turishadi, nima yozding, tarjima qilaylik, deb. Men bular bilan tanishishni istab, qidirib borgan emasman hech qachon. Ular o’zlari kelishyapti, taklif qilishyapti. Ruxsat so’ramasdan qilaveringlar, deyman. She’r bu qushga o’xshagan narsa. Qo’lingizdan uchib ketdimi, bo’ldi, siz unga xo’jayinlik qila olmaysiz. U o’z erkinligi bilan ketaveradi”, - deydi ijodkor.
Avstriyalik o’zbek shoiri Yodgor Obid ayni damda ikki tomlik yangi kitobini nashrdan chiqarish arafasida. Kitobning 200 ta she’rni o’z ichiga olgan birinchi qismi allaqachon o’z o’quvchilari qo’liga yetib borgan. Bu kitobni bugun AQShning Kongress kutubxonasidan ham topish mumkin.