AQSh-Meksika chegarasi - migrantlarning o'lim maydoni

  • Amerika Ovozi

Texasi shtatining Bruks tumani o'rmonlarida odamlarning suyaklarini ko'rasiz

2022-yilda AQSh janubiy chegaralarida 858 migrant o'lgan. 2021-yilda bu son 657 nafarni, 2020-yilda 255, 2019-yilda esa 295 nafarni tashkil etgan. Bu hali tasdiqlanganlar.

BMT Migratsiya agentligiga ko'ra, AQSh-Meksika chegarasi migrantlar uchun eng xavfli hudud bo'lib qolmoqda.

Xalqaro migrantlar tashkiloti chiqargan hisobotda qayd etilishicha, dunyoning bu qismida har yili minglab insonlar nobud bo'ladi.

2022-yilda Amerika qit'asi bo'ylab 1 ming 457 migrant o'lgan yo bedarak ketgan. 686 nafari aynan AQSh-Meksika chegara hududlarida.

Halok bo'lganlarning yarmi Sonora va Chuxuahua dashtliklariga to'g'ri keladi. O'lganlarning soni kattaroq bo'lishi mumkin. Hisobotda qayd etilgan rasman tasdiqlanganlardir.

Amerika hukumati hisonicha, 1998-yildan beri AQSh-Meksika chegarasida 8 mingdan oshiq migrant jon bergan. Immigrant faollar esa aslida bundan ko'proq, deydi.

Chegara xizmati ma'lum qilishicha, 2022-yilda 7 ming 113 hollarda migrantlar bedarak ketgani aniqlangan. 22 mingdan oshiq migrant qutqarilgan.

Chegara yopiq, deydi rasmiylar, ammo odam savdogarlari va jinoiy to'dalalar chet elliklarni Amerikaga kira olasan, deya ishontirib, ularni o'ta xavfli yo'llardan olib yurishadi.

Nyu-Meksiko va Texas shtatlarida jaziramaga dosh berolmay o'lganlar ham talay. Shu yilning o'zida 148 nafar. 2022-yilda bu hududlardagi cho'llarda 71 kishi halok bo'lgan.

Chegara xizmati xodimlari o'tgan bir yil mobaynida 640 migrantning jasadini topgan.

Immigrant faollarning ta'kidlashicha, o'tgan yili ko'proq jasad chiqqan.

Texasning Bruks tumani eng qaqshatqich havosi bilan tanilgan. Uning o'rmonlarida skeletlar topolishi tabiiy hol, deya hikoya qiladi masalani o'rgangan mutaxassislar.

2009-yildan beri aynan Bruks tumanida 943 migrantning qoldig'i aniqlangan.

2022-yilda AQSh janubiy chegaralarida 858 migrant o'lgan. 2021-yilda bu son 657 nafarni, 2020-yilda 255, 2019-yilda esa 295 nafarni tashkil etgan. Bu hali tasdiqlanganlar.

Ma'muriyat jasadlar ortidagi qissalarni bilmasligini tan oladi, hisobotlarda ko'plab ma'lumotlar yetishmaydi.

Your browser doesn’t support HTML5

AQShga Meksika orqali kelish: Boshpana, immigratsiya