Iroq rahbariyati “al-Jazeera” va yana to’qqiz telekanalni mazhablararo adovatni targ’ib qilishda ayblab, ularning ko’rsatuvlarini efirga uzatishni vaqtincha taqiqlab qo’ygan.
Chora kecha e’lon qilingan va shu zahoti kuchga kirgan.
Ayni damda rasmiy Bag’dod sunniylar g’alayonini tinchlantirishga urinayapti.
Qarorgohi Qatarda joylashgan “al-Jazeera” telekanali ma’muriyati taqiqdan hayron va Iroqdagi jarayonlarni yoritishda barcha tomonlar fikrini birday inobatga olamiz, deydi.
Litsenziyasi vaqtincha olib qo’yilgan mahalliy kanallarning aksariyati sunniylarga xayrixoh va shia Bosh vazir Nuri al-Malikiy hukumatini bot-bot tanqid qilib keladi.
Bu orada, Iroq markazi va g’arbida portlashlar sodir etilib, kamida 18 kishi nobud bo’lgan. 50 dan oshiq fuqaro jarohatlangan.
Xurujlar Devoniya, Karbalo va Mahmudiya shaharlarida ro’y bergan. Oxirgi bir haftada Iroqda avj olgan zo’ravonliklar 180 odamni hayotdan olib ketdi.
O’tgan hafta hukumat Xavija shahrida sunniylar namoyishini kuch bilan bostirganidan beri har xil shahar va tumanlarda chiqishlar, hujumlar jonlangan.
Xavija shahrining o’zida olishuvlar natijasida 53 odam halok bo’lgan.
Iroqda yana bir qonli kun:
http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1650793&w=640&h=506&skin=embeded