Uzoq muddatli xavfsizlik kelishuvi ustida AQSh bilan kelisha olmayotgan Afg’oniston, bir paytning o’zida, Eron bilan aloqalarni mustahkamlashga kirishgan. Yaqin kelajakda ikki davlat do’stlik va hamkorlik to’g’risida bitim imzolashi kutilmoqda.
Bu degani, 2014-yilda xalqaro qo’shinlar Afg’onistonni tark etganidan keyin Tehron mintaqada faolroq harakat qilishi mumkin.
Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay Amerika bilan xavfsizlik kelishuvini kechiktirayotgani uchun yaqinda Tehronga safari chog’ida olqishlar eshitdi. Hujjat 2014-yildan keyin Afg’onistonda qancha amerikalik zobit qolishini belgilaydi.
Karzayning safaridan xulosa shuki, deydi ayrim ekspertlar, Kobul mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga qo’shnilarni ham jalb qilmoqchi.
“Dunyoning bu qismidagi mojarolarga mintaqaviy yechim topishga urinishlar bo’layapti. Bundan AQSh ham, Eron va Afg’oniston ham manfaatdor”, - deydi AQSh Mudofaa universitetidan Tomas Linch.
Lekin agar Karzay Vashington bilan til topisha olmasa va koalitsiya qo’shinlari bitta qolmasdan Afg’onistondan ketsa, unda nima bo’ladi?
Amerika Biznes instituti tahlilchisi Ahmad Majidyor fikricha, 1990-yillardagi ssenariy takrorlanishi, qo’shni davlatlar Afg’onistondan raqobat maydoni sifatida foydalanishi mumkin.
NATO askarlarining Afg’onistonda qolmasligi, bir qarashda, mintaqada ajnabiy kuchlarga joy yo’q deb kelayotgan Tehronga qo’l kelgan bo’lardi. Biroq buning natijasida Tolibonning hokimiyatga qaytishini hech bir tomon istamaydi, jumladan Eron.
“Tolibon Afg’onistonni boshqargan 1996-2001-yillar Eron uchun qiyin davr bo’lgan. Qo’shni mamlakatda AQSh bazalari joylashgani ularga qanchalik ma’qul bo’lmasin, bu qo’shinlar Tolibondan himoya vazifasini bajarayotgani Tehronga ayon”, - deydi Tomas Linch.
O’tgan oy Jenevada Eronning uzoq paytdan buyon bahslarga sabab bo’lib kelayotgan yadro dasturi bo’yicha kelishuv imzolandi. Tahlilchi Ahmad Majidyorga ko’ra, bu mavzu yuzasidan muzokaralar Afg’onistonga doir qarorlarga soya solmasligi kerak.
“Qo’shma Shtatlar va dunyo hamjamiyati Eron masalasini Afg’oniston masalasidan ajratishi, bularga alohida yondashishi lozim. Chunki Afg’oniston kattayu-kichik davlatlar o’rtasida o’yin maydoniga aylanmasligi kerak. Eron, AQSh va Pokistonning qator umumiy manfaatlari bor ekan, kelishmovchiliklarni chetga surib qo’yib, Afg’oniston borasida kelishib ishlasa bo’ladi”, - deydi Majidyor.
Prezident Hamid Karzay 2014-yildan keyingi rejalar ustida Obama ma’muriyati bilan hanuz chiqisha olmayapti. Umid shuki, hujjat imzolansa bir necha yuz askar Afg’onstonda qolib mahalliy armiyaga murabbiylik qiladi va Kobul-Vashington aloqalari ijobiy tomonga o’zgaradi.
Your browser doesn’t support HTML5