BMTning Atom energiyasi bo'yicha boshqarmasi rahbari Yukiya Amano payshanba kuni Tehronda Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashib, yadro dasturi va Venada kechayotgan xalqaro muzokaralar xususida gaplashadi. Amano Tehrondan boshqarma inspektorlarini Eron yadro inshootlarini ko'zdan kechirishga ruxsat so'rashi kutilmoqda.
Eron va olti yirik davlat Tehron yadro dasturini cheklovchi keng qamrovli bitim bo'yicha tortishar ekan, boshqarma Eron bitim shartlarini qanday bajarayotganini tekshirishi uchun inshootlarni nazorat qilib turishi kerak bo'ladi.
Eron rahbarlari inspeksiya faqat yadro inshootlariga tegishli bo'ladi, inspektorlar harbiy obyektlarga yo'latilmaydi va eronlik olimlar bilan muloqot qila olmaydi deb keladi.
Bitim kecha imzolanishi kerak edi, biroq ayrim masalalar bo'yicha hanuz kelishilmagani bois muloqot 7-iyulgacha uzaytirildi.
AQSh prezidentiga ko'ra, bitim puxta bo'lishi, Eron uning shartlariga rioya qilayotganini ta'minlashi lozim, aks holda Qo'shma Shtatlar muzokaradan chiqadi.