AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bugun Shveysariyada yana bir bor uchrashgan. Diplomatlar Eron yadro dasturi bo'yicha bitimga erishish umidida.
Tomonlarga ko'ra, bugungi muloqot chog'ida ba'zi masalalar bo'yicha kelishilgan, ammo yakuniy bitim haqida gapirishga erta hali.
Bugungi uchrashuv jiddiy, foydali va konstruktiv o'tgani aytilmoqda. Kerri va Zarif kecha ham gaplashgan edi.
AQSh va Eron 31-martgacha muloqot qilib kelishib olmoqchi. 1-iyulgacha esa Eronning P5+1 guruhi bilan muzokaralardan natija bo'lishi kutilmoqda.
Guruhga AQSh, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya va Rossiya kiradi.
Atom quroli yaratish dasturidan voz kechish evaziga Tehronga iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish taklif etilgan.
Xalqaro muzokaralar bir yildan oshiq vaqtdan beri bir necha bosqichda o'tmoqda.
Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning e'tiroz qilishicha, dunyoda yadro qurli bor hamda bor deb faraz qilinayotgan davlatlar Eronni o'z safiga qo'shmay uni kamsitmoqda.
"Nega haligacha Eronga asossiz bosim davom etmoqda? Fax va texnologiya klubining egalari boshqalarning bu klubga a'zo bo'lishini istamayotgani bunga sabab. Bu ilmiy diskriminatsiyadir. Har bir davlat shunday kamsitishga uchrashi mumkin", - deydi davlat rahbari.