Amerika Mudofaa vazirligining bildirishicha, Qo'shma Shtatlar Iroqda jangovar amaliyotlarda qatnashmayapti.
Holbuki, yaqinda Kirkukdagi maxsus operatsiya paytida Amerika maxsus kuchlari va kurd jangchilari taxminan 70 odamni, jumladan, 22 nafar iroqlik askarni "Islomiy davlat" qo'lidan ozod qilgan edi. Bu reyd paytida amerikalik harbiy nobud bo'lgan.
Pentagon matbuot kotibi Piter Kukning aytishicha, bu reyd favqulodda ravishda amalga oshirilgan.
"Kurdiston hukumatining iltimosi bilan jangga kirdik. Qo'shma operatsiya natijasida odamlarni o'limdan qutqarib qoldik", - deydi u. "Islomiy davlat"ning qamog'ida qolayotgan bu asirlar ommaviy qatl etilishi mumkin edi.
Kurd jangchilari Iroq shimolidan "Islomiy davlat" jangarilarini siqib chiqarishga muvaffaq bo'lmoqda. Ularga mana bir yildirki Amerika boshchiligidagi koalitsiya yordam berayapti.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5