Iroq rasmiylarining bildirishicha, dushanba kuni Bag’dod yaqinida shialarga qarshi uyushtirilgan hujumlar oqibatida kamida 47 kishi o'lgan.
16-dekabr kuni Al-Rashid dahasida portlovchi modda bilan to’ldirilgan ikki avtomashinaning portlashi shialar uchun muqaddas bo’lgan Karbalo shahriga yo’l olgan 23 ziyoratchi hayotini olib ketgan.
55 dan ziyod odam jarohatlangan.
Mamlakat shimolidagi Mosul shahridan ham Karbaloga avtobusda ketayotgan 11 shia qurollangan jangarilar tomonidan otib o’ldirilgan.
Tikrit shahrida esa uch kishi o’zini portlatgani natijasida ikki odam o’lgan.
Hujumlar uchun mas’uliyatni hech bir guruh o’z zimmasiga olmagan. Ammo Iroqda odatda shialar Al-Qoida hamda boshqa sunniy guruhlar nishoni bo’ladi.
Shu kunlarda yuzlab ming shialar Muhammad Payg’ambar nabirasi Imom Husayn o’limi, Ashura deb nomlangan voqeani eslab, 40 kunlik motam ketidan Karbalo shahriga yo’l olmoqda.
Saddam Husayn davrida, deyarli 30 yil davomida, shialar bu kunni nishonlash imkonidan mahrum edi.