AQShda o’tkazilgan ommaviy so’rovlar natijasiga ko’ra, aksariyat amerikaliklar Iroqqa urush ochish xato bo’lgan deb hisoblaydi. Saddam Hussaynning hokimiyatdan ag’darilishiga olib kelgan harbiy operatsiyalarning boshlanganiga 10 yil to’lar ekan, amerikaliklar urush qurbonlarini xotirlamoqda.
Mart oyining sovuq bir kunida Iroq urushi faxriysi Xarvi Kanter jang maydonidan qaytmagan do’stlarini xotirlaydi.
“Ularning ismlari doim yodimda. Ular taqdiri hech esimdan chiqmaydi”, - deydi u.
Kanter xotirasida yashayotgan bu ismlar Illinoys shtati, Marsey shahridagi Yaqin Sharq mojarolari qurbonlari uchun bunyod etilgan Xotira devoridan ham o’rin olgan. Bu yerda nomi abadiy muhrlangan askarlardan uch nafari Kanter bilan birga jang qilgan. Afsuski, Iroq urushi amerikaliklarning yodidan tez ko’tarilyapti, deydi sobiq askar.
“Huffington Post” gazetasi va YouGov veb-sahifasi o’tkazgan so’rovga ko’ra, 52 foiz amerikaliklar 2003-yilda boshlangan Iroq istilosini xato ish bo’lgan deb hisoblaydi. So’ralganlarning 55 foizi esa urushdan hech qanday naf ko’rmadik, degan fikrda.
“Men odamlarning “bu urush xato bo’lgan” deyishini istamayman. Shuncha askarimiz qurbon bo’ldi, axir!” – deydi Xotira devori qurilishiga yordam bergan fuqarolardan biri.
Jon Bartoshevichning ikki o’g’li harbiy xizmatda bo’lgan, lekin Iroqda emas. Uning o’zi 2003-yilda Iroqda harbiy harakatlar boshlash rejasini qo’llab-quvvatlagan. 2011-yilda amerikalik qo’shinlar u mamlakatni tark etganida esa xursand bo’lgan.
“Agar ular hech qanday maqsad qo’ymay yoki maqsadiga erishmay mamlakatdan chiqib ketganida edi, urushdan biror foyda bo’lmadi, deyish mumkin edi. Yigitlarimiz oliy maqsad yo’lida halok bo’ldi u yerda”, - deydi u.
“Urush paytida ko’pchilik “biz urushni emas, askarlarimizni qo’llab-quvvatylaymiz”, der edi. Bu farqni anglab yetish katta ahamiyatga ega”, - deydi Metyu Shvaytser.
Chikago universiteti tadqiqotchisi Shvaytser “Urushdan keyingi hayot” nomli blog asoschisi. U AQShning Iroq va Afg’onistondagi harbiy harakatlari oqibatlarini kuzatib boradi va tahlil qiladi. 2005-yildan buyon AQSh jamoatchiligining urushga nisbatan munosabati keskin o’zgardi, deydi u.
“Odamlar minglab, hatto yuz minglab iroqliklarning nobud bo’layotganini, AQSh askarlarining erishib bo’lmaydigan maqsad uchun jon berayotganini tushunganidan keyin urushga munosabat keskin o’zgardi”, - deydi tadqiqotchi.
“Lekin erkinlik, demokratiya va bu qadriyatlarning bahosi haqidagi odamlar tasavvurini o’zgartirish qiyin”, - deydi Jerri Terando.
Terandoning o’zi bu qadriyatlarning qiymatini yaxshi biladi. Uning o’g’li Joshua 2005-yilda Iroqda snayper o’qidan halok bo’lgan. Terando urushga qarshi bo’lgan ko’plab amerikaliklardan biri.
“Jang maydonlarida yigitlarimiz nima qilishidan qat’i nazar, urush siyosatga borib taqaladi. Xalqimiz va hukumatimiz g’alaba qozonishga jonu dildan intilmasa, ahvolimiz voy”, - deydi Terando.
Joshuaning nomi bugun Xotira devoridan o’rin olgan. Otasi Jerri Terando uchun bu og’ir yo’qotish, ammo u o’g’lining qilgan ishidan afsuslanmaydi.
“Uni qaytarib olish uchun hamma narsaga tayyorman. Lekin men o’g’lim bilan g’ururlanaman. Amerikada xotira devoriga ismlari yozilgan bunday qurbonlar har qancha qadrlansa oz”, - deydi u.
Your browser doesn’t support HTML5