Isroilda Netanyaxuning partiyasi g'olib, Falastin tomoni afsusda

  • Amerika Ovozi

Isroildagi parlament saylovlarida Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning Likud partiyasi g'alaba qozongan. Netanyaxu kelasi ikki-uch haftada hukumat tuziladi, deydi.

Parlamentdagi 120 o'rindan 30 tasi "Likud" partiyasida. Raqib Sionistlar ittifoqi 24 o'rinni qo'lga kiritgan.

Netanyaxu kichik partiyalar bilan koalitsiya tuzishni va shu tariqa mutlaq ustunlikni ko'zlamoqda.

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri Frederika Mogerini Isroilning yangi hukumati bilan ishlashga tayyormiz, deydi.

Netanyaxu shu hafta qilgan chiqishida Falastin davlatini aslo qo'llab-quvvatlamasligini ta'kidlagan. Holbuki, avvalroq u Falastin ma'muriyati bilan muzokaralar va murosaga moyil ekanini uqtirgan edi.

Falastin tomoni saylovlar natijasidan hafsalasi pir. Eski siyosat davom etadi.

Bu esa Isroil bosib olingan yerlardan bir qadam ham jilmaydi, Quddus Isroilning poytaxti bo'lib qolaveradi, tinchlik muzokaralari siljimaydi, degani deydi Falastin mutasaddilari.

Netanyaxuning partiyasi g'alabani nishonlayapti