Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o'tgan hafta parlament saylovlari paytida arab saylovchilar haqida aytgan gaplaridan afsusda.
U o'sha kuni o'z tarafdorlarini isroillik arablar saylov uchastkalariga yopirilib kelmoqda, deya ogohlantirgan edi.
"Gaplarim Isroil fuqarolari va arablarning hamiyatiga tekkanini bilaman", - dedi Netanyaxu. "Sizlarni xafa qilmoqchi emas edim va uzr so'rayman", - dedi u. "Bosh bazir sifatidagi ishlarim va arab jamoalariga kiritgan sarmoyalarim asl qarashlarimni isbotlaydi. Isroildagi har bir fuqaro, har bir din, elat vakilining bosh vaziriman. Isroil tinchligi va farovonligini ta'minlashda har biringizga tayanaman",- dedi Netanyaxu.
Isroil bosh vaziri dushanba kuni Quddusda arab jamoalari oldida so'zladi.
Netanyaxu Isroildagi saylovlari oldiddan qilgan chiqishida Falastin davlati tuzilishiga aslo yo'l qo'ymasligini aytib, AQSh va boshqa ittifoqchilarni g'azablantirgan edi.
O'tgan haftadagi ijtimoiy so'rovlarda muxolifatning qo'li baland kelishi taxmin qilingan; shu bois Netanyaxu keskin bayonotlari bilan konservativ tarafdorlarini saylovda faolroq qatnashishga undamoqchi bo'lgan. Parlamentga saylovlarda Netanyaxuning partiyasi ko'pchilik ovozni qo'lga kiritdi va u kichikroq partiyalar bilan koalitsiya tuzishi kutilayapti.
Isroil va Falastin adovatini hal qilib, Falastin davlati yaralishiga sharoit hozirlash AQSh tashqi siyosatining ustuvor yo'lanishlaridan hisoblanadi.