Taraflar muloqotga qaytar ekan, AQShning mintaqa bo'yicha maxsus elchisi ham tayinlandi - Martin Indik.
Isroil hukumati Falastin bilan tinchlik muloqotini qayta boshlashga rozi va muzokara oldidan falastinlik bir necha mahbusni ozod qilmoqchi. Bu orada, Qo'shma Shtatlar Yaqin Sharq bo'yicha maxsus elchini tayinladi - Martin Idnik.
Indik Amerikaning Isroildagi sobiq elchisi, 2000-yilda Kemp Deyvid tinchlik muzokaralarida hal qiluvchi rol o'ynagan.
Obama ma'muriyatining Yaqin Sharqdagi maxsus vakili lavozimida avval Jorj Mitchell ishlagan. Ikki yillik samarasiz sa'y-harakatlar ketidan u 2011-yilda ishdan bo'shadi.
Isroil Vazirlar mahkamasi, ayni damda, tinchlik muzokaralari arafasida falastinlik 104 mahbusni qamoqdan chiqarishga ruxsat berdi. Taraflar 2010-yildan beri bu mavzuda gaplashmay kelayotgan, Falastin rasmiylarining asosiy shartlaridan biri aynan turmadagi yurtdoshlarni qo’yib yuborish edi.
Aksariyat mahbuslar qonli terror xurujlariga aloqador deb topilgan. Ko’pi Isroil va Falastin rasmiylari 1993-yilda ilk bor yuzma-yuz ko’rishib, sulh imzolashidan (Oslo bitimi) oldin ushlangan.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning aytishicha, bu nihoyatda mushkul qaror bo’ldi, ayniqsa, xurujlarda yaqinlaridan ayrilgan oilalar uchun. Lekin bu tinchlik, totuvlikka erishish yo’lida muhim qadam ham edi.
Isroil-Falastin ixtilofini tugatish uchun muzokaralar g’oyat zarur, deydi Netanyaxu. Qo’shni Suriya urush girdobida qolayotgan, Eron yadroviy izlanishlarini davom ettirayotgan bir sharoitda murosa izlashimiz shart, dedi Isroil bosh vaziri.
Muloqotda hudud taqsimlash va chegaralar masalasining ko’tarilishi aniq. Isroil jamoatchiligi orasida bu borada xavotirlar kuchli ekan, Vazirlar mahkamasi qaroriga ko’ra, Falastin davlati sarhadlari haqidagi har qanday bitim Isroilda referendumga qo’yilishi kerak.
Mahbuslarni ozod qilish qarori ham Isroil qonunchilari safida qattiq e’tirozga sabab bo’ldi. Yahudiy yurti partiyasi vakili Naftali Bennet tashabbusga qarshilardan.
Ayollar va bolalarni o’ldirishga qo’li borgan odamlar bilan tinchlik haqida gaplashish mumkin emas, dedi qonunchi.
Kadura Fares kabi faollar so’zlariga ko’ra esa ozod qilinajak mahbuslar anchadan beri qamoqda va zo’ravonlikdan yuz o’girgan.
Faolning aytishicha, bu odamlar 20 yil oldin sodir etgan jinoyatlari uchun jazosini o’tab bo’ldi va bugun ular tinchlik deydi.
Davlat kotibi Jon Kerri vositachilik qiladigan bu yig’inda Isroildan Tsipi Livni, Falastindan Soyib Erekat qatnashadi va ular bugun muhokamaga kirishmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5