Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onoderaning aytishicha, Tokio Vashington bilan Xitoyning Sharqiy Xitoy dengizidagi so’nggi harakati xususida maslahat qilmoqda.
Pekin Yaponiya bilan talash orollarda havo mudofaasi zonasini tashkil etib, orollar ustidan uchib o’tmoqchi bo’lgan yo’lovchi va harbiy samolyotlar Xitoydan ruxsat olishi kerakligini aytgan.
AQSh va Yaponiya bunday zonani tan olmasligini bildirdi. Yaponiya bu orollarni Senkaku, Xitoy esa Diaoyu deb ataydi.
Onoderaning aytishicha, Yaponiya va AQSh qurolli kuchlari o’zaro maslahatlashib, hududni mudofaa qilish uchun zarur chora ko’radi.
Yo’lovchi samolyotlar parvoziga o’zgartirish kiritilmagan, deydi yapon tomoni.
Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest Pekinning bu qarorini qoralagan.
Yaponiya boshqaruvi ostidagi orollar kimsasiz bo’lsa-da, hudud tabiiy resurslar va baliqqa boy ekani aytiladi. Xitoy ham bu orollarni o’z yeri deb biladi.
Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe kecha parlamentga murojaat qilib, Xitoy harakatlarini xavfli deya baholadi. U, shuningdek, Xitoy elchisi Chen Yonxuani huzuriga chaqirtirib, rasmiy norozilik bildirgan.
Xitoy tomoni AQSh va Yaponiya tanqidlariga javob berar ekan, biz o’z havo hududimiz va milliy suverenitetimizni himoya qilyapmiz, degan.