Dunyo iqlim o'zgarishiga tayyor emas

  • Amerika Ovozi

A South Carolina state police honor guard lowers the Confederate flag from the Statehouse grounds in Columbia. Republican Governor Nikki Haley presided over the event after signing the historic legislation to remove the flag the day before.

Yaponiyaning Yokoxama shahrida o’tgan besh kunlik xalqaro yig’in nihoyasida dunyoning yuzdan ortiq mamlakatidan kelgan olimlar va hukumat rasmiylari Iqlim o’zgarishi bo’yicha navbatdagi hukumatlararo guruh hisobotini e’lon qildi.

Yakuniy hujjatda yerning isishi oqibatida yuzaga keladigan xavflar tilga olinib, ko’plab davlatlar salbiy oqibatlarga qarshi kurashish uchun tayyor emasligi ta’kidlandi. So’nggi yillarda yuz bergan tabiiy ofatlar mamlakatlarning iqlim o’zgarishining turli asoratlariga tayyor emasligini ko’rsatdi, deydi hisobot mualliflari.

Yaponiyada o’tgan xalqaro tadbir boshqaruvchilaridan biri Kris Fild odamlar va ekotizimlar uchun iqlim isishi jiddiy xavf solayotganini aytadi.

“Biz iqlim o’zgarishi oqibatlari allaqachon sezilgan va keng yoyilgan bir dunyoda yashayapmiz. Ekvatordan tortib qutbgacha, sohillardan tog’largacha buning ta’sirini ko’ryapmiz”, - deydi Fild.

Xalqaro anjuman xulosasiga ko’ra, agar iqlim o’zgarishining ko’lami va tezligi kamaytirilsa, tahdid darajasini ham ozaytirish mumkin.

Havoning isishi keskin ob-havo o’zgarishlariga hamda oziq-ovqat va suv tanqisligiga sabab bo’ladi. Bundan eng ko’p qashshoq davlatlar aziyat chekadi. Oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy farovonlik ham xavf ostida qolishi mumkin.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri iqlim isishi bo’yicha bayonot bilan chiqib, unda xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan chora ko’rishga chaqirdi. Aks holda hayotimiz izdan chiqishi mumkin, deydi Kerri. Unga ko’ra, iqlim o’zgarishiga bir davlat harakati sabab bo’lmagan va unga qarshi hamma birgalikda kurashishi kerak.

Iqlim bo’yicha xalqaro anjuman davom etayotgan bir paytda huquq faollari ham Yokoxamada yig’ilib, dunyo yetakchilarini zavodlar, avtomobil va binolardan chiqayotgan zararli gazlarni kamaytirishga chaqirdi.

“Bu yil va keyingi yili bo’ladigan iqlimga oid xalqaro sammitlarda ular yaxshiroq qonun-qoidalarni kelishib olish bo’yicha eng qulay imkoniyatga ega. Ular odamlar hayoti va atrof-muhitni saqlab qolish uchun bu ishga qo’l urishi kerak”, - deydi faollardan biri Kristian Teriete.

Xalqaro anjuman hozir global iqlim o’zgarishi bo’yicha yangi kelishuv ustida ishlayapti. 2015-yilgacha tayyor bo'lishi kutilayotgan bu hujjat 2012-yilda kuchdan qolgan Kioto protokoli o’rniga qabul qilinadi.