Yaponiya hukumati o’zining mudofaakor armiyasiga global xavfsizlikni ta’minlashda kattaroq rol ajratmoqchi. Mamlakatning Ikkinchi jahon urushidan so’ng AQSh maslahati bilan yozilgan konstitutsiyasiga ko’ra, oz sonli armiya faqat mudofaa maqsadlarida qo’llanishi mumkin. Tokio rejalari u bilan hududiy mojaroga ega Xitoyni tashvishga solmoqda.
O’tgan hafta Yaponiyaning 100 dan ziyod qonunchisi Tokiodagi Yasukuni maqbarasini ziyorat qilib, urush qurbonlarini xotirladi. Urush ishtirokchilari orasida esa insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlar ham bo’lgan.
Matbuotda keng yoritilgan tadbir rasmiy Pekinni ranjitdi.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Xua Chunyinning aytishicha, Pekin Yaponiyani o’z majburiyatlariga sodiq bo’lishga va tarixni qayta ko’rib chiqishga da’vat etadi. Tokio Osiyodagi qo’shni davlatlar va butun xalqaro hamjamiyat ishonchini qozonishga harakat qilishi kerak, deydi rasmiy.
Bunday tanqidiy bayonot ikki davlatning Yaponiyada Senkaku, Xitoyda esa Diaoyu nomi ostida tanilgan orollar ustidan mojarosi chuqurlashgan bir paytga to’g’ri keldi.
Shu hafta Yaponiya parlamenti sessiyasining ochilishida so’zlagan bosh vazir Shinzo Abe milliy xavfsizlik islohotlarning ustuvor yo’nalishi bo’ladi, deb e’lon qildi.
“Yaponiya mintaqada xavfsizlik bobidagi vaziyat taranglashayotganiga ko’z yuma olmaydi. Men bunday ahvolni inobatga oladigan va unga to’g’ri javob beradigan xavfsizlik siyosati va diplomatiyasini olg’a suraman”, - dedi u.
Yaponiya oz sonli qo’shinlarga ega, ammo umumiy xavfsizlik AQSh bilan ittifoqchilik hisobiga ta’minlanadi.
Aloqalar endi eskirdi, deydi millatchi yoauvchi Xideaki Kase.
“Amerika borgan-sari o’zini dunyo tashvishlaridan chetga olmoqda. Demak, mudofaa masalasida biz unga 100 foiz tayana olmaymiz”.
AQShdan farqli ravishda Xitoy harbiy qudrati tobora oshib bormoqda, deydi bosh vazir Abening maslahatchisi va Yaponiyaning BMTdagi sobiq elchisi Shinichi Kitaoka.
“Xitoy harbiy byudjeti o’sib bormoqda. Bu davlat ba’zida o’zini noto’g’ri tutmoqda. Bizni kuch bilan qo’rqitishdan toymaydigan ko’rinadi. Bu esa xavfli”.
Yaponiya konstitutsiyasi eskirgan, uni qayta ko’rib chiqish kerak, deydi qonunchilarning 90 foizi. Ammo aholining yarmi bunga qarshi.
Tokiolik Takako Tsuchida har qanday urushga mutlaqo qarshiligini aytadi. Konstitutsiya o’zgarsa yana urush bo’ladimi deb qo’rqaman, deydi u.
Biroq bosh vazir Abe boshqa fikrda. Yaponiya global xavfsizlikni ta’minlashda kattaroq rol o’ynashi kerak, bu bilan biz mintaqada tinchlikni ta’minlaymiz, deydi u. Qo’shni davlatlar esa Yaponiya haliyam o’tmishdan saboq olmagan degan xavotirda.