AQSh qo'mondoni Oqsaroyda mehmon

  • Amerika Ovozi

Selin Dion

AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rahbari general Jeyms Mettis kecha Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashgan.

Muzokarada asosan Afg'oniston bo'yicha hamkorlik muhokama qilingan, shuningdek, terrorizmga qarshi birgalikda kurashish va mintaqaviy xavfsizlik haqida gap ketgan.

Qo'mondon O'zbekistonga bugungi sheriklik uchun minnatdorchilik bildirgan. Afg'oniston qanchalik barqaror bo'lsa, bundan qo'shni davlat manfaatdor ekani eslatilgan.

Ism-sharifini bildirmagan rasmiylarning aytishicha, orada biror yangi kelishuv yoki shartnoma imzolanmagan. General Mattis mintaqa bo'ylab safarda.

Karimov uchrashuvda o'zaro ishonch va hurmat haqida to'xtalgan. Amerika tomon esa o'zaro manfaatlarga urg'u bergan.