Saudiya Arabistoniga safar qilayotgan Amerika Davlat kotibi Jon Kerri Yamanda otishmani vaqtincha to'xtatishga kelishib oldi. Kerri tashrifi paytida Yaman Prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hadi bilan ham ko'rishdi.
Vatanda isyonchilarning bosqinidan qochgan Hadi martdan beri qirollikda jon saqlayapti. Yaman poytaxti va boshqa hududlar hozir shia Hutiy isyonchilarining nazoratida.
Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi kuchlar isyonchilarni bombardimon qilayapti. Insonparvarlik tashkilotlari esa Yamanga yegulik va boshqa yordamni yetkazish qiyin ekanidan shikoyat qiladi.
Jon Kerrining aytishicha, madad shunday uzatilishi kerakki, hech bir tomon qurolini qo'ygan tarafga hujum qilmasin.
Bugun AQSh rasmiysi Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr va qirol Salmon bilan ham gaplashmoqda.
Kerri safari paytida Yamanga oziq-ovqat, suv, boshpana va boshqa yordam uchun 68 million dollar yordam ajratdi.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5