O'shdagi operatsiyada uch kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

O'shdagi operatsiyada uch kishi o'lgan

Qirg'iziston xavfsizlik xizmati notinch janubdagi O'sh shahrida reyd o'tkazib, 4 jangarini o'ldirgan.

Ular taqiqlangan islomiy guruh, O'zbekiston Islomiy Harakati a'zolari bo'lgani taxmin qilinmoqda.

Ayrim manbalarda aytilishicha, Hizb ut-Tahrir jangari guruhi a'zolari nishonga olingan.

Xavfsizlik Kengashi raisi Marat Imankulovning aytishicha, O'sh markazidagi bu operatsiyada kamida ikki ofitser jarohat olgan.

Otishma paytida uch jangari yo'q qilingan, to'rtinchisi o'z joniga qasd qilgan. Uch kishini qamoqqa oldik, deydi rasmiylar.

O'sh ahli shaharda uch portlash yangraganini aytadi.

Voqea AQSh Davlat kotibasi Xillari Klintonning mamlakatga safaridan bir kun oldin ro'y bermoqda.

Shu yilning yozida Qirg'iziston janubida elatlararo qirg'in ro'y bergan, 400 kishin, asosan, o'zbeklar jon bergan edi.

Roza Otunbayeva ma'muriyati jangarilar xavfi bilan olishar ekan, asosan avtoritar prezidentlar hukmron regionda ilk demokratik, parlamentar davlat qurishga harakat qilmoqda. Biroq tanqidchilar nazarida prezident janubda mutlaqo obro'ga, ta'sir kuchiga ega emas.

Tahlilchilar nazarida Markaziy Osiyoda yo'qsillik, qoradori savdosi va muxolifatga bosim yoshlarni radikal islom sari itarmoqda.