O'sh va Jalolobodda vaziyat ayanchli, BMT va Yevropa tashkilotlari chora ko'rish harakatida

  • Amerika Ovozi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti O’sh va Jaloloboddagi xunrezlikka qarshi chora ko’rish harakatida. Bosh kotib Pan Gi Mun fikricha vaziyat dahshatli.

Tashkilot tegishli organlari orqali insonparvarlik yordamini oshirib, zarur ko’mak yetkazishga kirishayotganini bildirmoqda.

Pan Gi Mun Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining ayni damdagi raisi Kanat Saudabayev bilan gaplashgan. Har ikki tashkilot, shuningdek Yevropa Ittifoqi tinchlikka erishish uchun birgalikda ish ko’rishga kelishib olgan.

Maxsus elchilar Bishkekda muvaqqat hukumat bilan aloqada, deydi BMT rasmiylari.

O’sh va Jalolobod alanga ostida. O’tgan uch kun ichida qattiq aziyat chekkan aholi gumanitar yordam berilmayotganidan noliydi. Na hukumat, na bu tashkilotlarga ishonch bor, deydi o’zbeklar, “o’zimizni o’zimiz himoya qilayapmiz, bir-birimizga tayanib, jon saqlayapmiz”.

Jalolobod viloyatida qirg'iz qishloqlaridan o'zbek qishloqlariga hujumlar avjida. Xususan Qoradaryo qishlog'idan qirg'izlar Serniy qishlog'iga bostirib bositirib kelib, o'zbek xonadonlariga o't qo'ygan. Guvohlar talofat katta deydi.