Liviya ichki ishlar vaziri Misrga qochgan

  • Amerika Ovozi

Liviya ichki ishlar vaziri Misrga qochgan

Liviya Ichki ishlar vaziri Nasr al-Mabruk Abdulla oilasi bilan Misrga qochgan. Vazir Qohiraga Tunisdan xususiy samolyotda uchib borgan.

Bu o'rtada Muammar Qaddafiy vakillari isyonchilar bilan Tunisda muzokara qilgan. Liviya televideniyesi Qaddafiy bayonoti bitilgan audio tasmani eshittirgan. Unda davlat rahbari xalqni "isyonchi va xiyonatkor to'dalarga" qarshi kurashishga chaqirgan.

Muxolifatning hukumat kuchlariga qarshi janglarda qo'li baland kelib, asta-sekin poytaxt Tripoliga yaqinlashmoqda.

Isyonchilar Zaviya shahrini ishg'ol qilganini aytsa, hukumat shahar uning qo'lida ekanini qayd etmoqda.