Breaking News

Liviyada muxolifat oxirgi yaroqli neft zavodini egalladi


Liviyada muxolifat oxirgi yaroqli neft zavodini egalladi
Liviyada muxolifat oxirgi yaroqli neft zavodini egalladi

Liviyada rahbar Muammar Qaddafiy bilan olishayotgan isyonchilar poytaxt yaqinida neft zavodini qo’lga kiritgan. Tripolini yonilg’i bilan ta’minlab turgan oxirgi manba, Zaviya shahridagi zavod haqida gap ketmoqda.

Poytaxtda turmushni tebratib, harna ishlab turgan ob’yekt shu edi. To’qnashuvlar bois qolgan barcha neft zavodlarida ish to’xtab qolgan.

Liviyada muxolifat oxirgi yaroqli neft zavodini egalladi
Liviyada muxolifat oxirgi yaroqli neft zavodini egalladi


Zaviyadan qochayotgan odamlarning aytishicha, shaharning katta qismi muxolifat qo’lida. Har yerda isyonchilarning qizil, qora, yashil chiziq tortilgan bayrog’ini ko’rish mumkin.

Agar Zaviya butunlay oppozitsiya ixtiyoriga o’tsa, Qaddafiy uchun bu katta talofat bo’ladi.

Sharqdagi strategik port shahar Bregada ham kurash ketmoqda. Seshanba kuni bu yerda 18 isyonchi o’lib, 33 nafari jarohatlangan.

Qo’shma Shtatlar esa Liviya uzra yana ikki qiruvchi, o’zini-o’zi boshqaradigan samolyotni ishga solgan. Muxolifat aynan xalqaro koalitsiya madadiga qattiq tayanib keladi.

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta matbuot kotibi Jorj Litll so’zlariga ko’ra, Qaddafiyning kuni bitgan.

Liviyada muxolifat oxirgi yaroqli neft zavodini egalladi
Liviyada muxolifat oxirgi yaroqli neft zavodini egalladi


“Ko’rinib turibdiki, Qaddafiyning ahvoli tang, lekin u qachon ketadi, qaysi sanada, buni aniq aytish qiyin”, - deydi Amerika Mudofaa vazirligi vakili.

Tahlilchi Rizo Jon “Amerika Ovozi” bilan suhbatda olishuv hali uzoq davom etadi, deydi.

“So’nggi bir necha kunda isyonchilar katta-katta hududlarni qo’lga kiritgani rost. Biroq muxolifat Tripolini hali egallagach, urush tugashi gumon”, - deydi olim.

Poytaxt aholisi hali ham Qaddafiyga xayrixoh ekani aniq. Buni isbotlovchi dalillar bor. Demak Tripoli ko’chalari qonga belanishi ehtimoldan xoli emas, deydi tahlilchi Rizo Jon.

Uning aytishicha, armiya osonlikcha taslim bo’lmaydi. Diplomatik choralar hali biror natija berganicha yo’q.

Liviyada muxolifat oxirgi yaroqli neft zavodini egalladi
Liviyada muxolifat oxirgi yaroqli neft zavodini egalladi

Xalqaro tashkilotlar Liviyada qochqinlar dahshatli muhitda kun kechirayotganiga e’tibor qaratadi. Chad va sudanlik qochoqlar o’g’rilik va zo’ravonlik bilan olishib yashashga majbur, suv, dori-darmon, elektr toki yo’q.

Bular uzoq yillar Liviyada yashagan afrikalik muhojirlar, bir kun kelib Yevropaga borib ishlashni orzu qilgan minglab insonlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG