Breaking News

Dunyoning 30 davlati Liviya muxolifatini tan oldi


Dunyoning 30 davlati Liviya muxolifatini tan oldi
Dunyoning 30 davlati Liviya muxolifatini tan oldi

Bugun Turkiyada ish boshlagan xalqaro anjumanda NATO va arab davlatlari Liviyadagi ahvolni muhokama qilayapti. Muammar Qaddafiyga qarshi kurashayotgan muxolifat yangi hukumat tuzishga doir rejalarini taqdim etgan.

Rossiya va Xitoy yig’ilishda qatnashish taklifini qabul qilmadi.

Istanbuldagi anjumanda ishtirok etayotgan AQSh Davlat kotibasi Xillari Klintonning ta’kidlashicha, polkovnik Qaddafiy o’zini rahbar deb atashga loyiq emas.

Dunyoning 30 davlati Liviya muxolifatini tan oldi
Dunyoning 30 davlati Liviya muxolifatini tan oldi

Vashington Liviya milliy muvaqqat kengashini xalq nomidan gapiradigan, xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan, qonuniy organ deb biladi. Isyonchilarga harbiy va moliyaviy ko’makni yanada oshiradi.

Amerika banklarida Liviya hukumatiga tegishli 30 milliard dollar pul bor.

Oppozitsiya, o’z navbatida, anjuman qatnashchilariga taraqqiyot rejasini taqdim etdi. Qaddafiy ketgach, Liviyani inson huquqlari e’zozlanadigan ochiq, demokratik jamiyatga aylantiramiz degan va’dalar yangradi.

Ma’lumki, so’nggi payt polkovnik Qaddafiy hokimiyatdan o’z xohishi bilan ketishga tayyor ekani haqida gap tarqalmoqda. Go’yoki u Yevropa davlatlariga, xususan Fransiyaga bu haqda noma yuborgan.

“Amerika uchun bu gaplar isbotini topmaguncha hech narsani anglatmaydi”, deydi diplomatlar.

Dunyoning 30 davlati Liviya muxolifatini tan oldi
Dunyoning 30 davlati Liviya muxolifatini tan oldi

Turkiyada majlis qilayotgan davlatlarning Liviya rahbariga qo’ygan talablari o’sha-o’sha:

Aholiga nisbatan zo’ravonlikni bas qiling; armiya muxolifat nazoratidagi hududlarni tark etsin; va nihoyat, Qaddafiy ketaman deb aniq aytsin.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bugun Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyip Erdog’an bilan ham uchrashib, qo’shni Suriyadagi ahvol to’g’risida gaplashadi. Anqara, ma’lumki, 10 mingdan ziyod suriyalikka boshpana bergan.

Turkiyaning o’zida ham vaziyat notinch. Kurdiston Ishchilar partiyasi nomli bo’lginchi guruh va armiya o’rtasida to’qnashuvlar kuzatilmoqda. Kecha Iroq bilan chegara yaqinida 13 askar o’lgan.

Xillari Klinton ularning oilasiga ta’ziya bildirar ekan, “Turkiya bilsinki, terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashda yakka emas, Amerika yordamini ayamaydi”, dedi. Kurdiston Ishchilar partiyasi anchadan beri qora ro’yxatda.

Tashqi ishlar vazirasi ikki hafta mobaynida, shuningdek, Gretsiya, Hindiston, Indoneziya va Xitoyga safar qiladi.

XS
SM
MD
LG