Breaking News

NATO: Qaddafiy tez orada ketishi mumkin


NATO: Qaddafiy tez orada ketishi mumkin
NATO: Qaddafiy tez orada ketishi mumkin

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Alan Juppening aytishicha, NATO rasmiylari Muammar Qaddafiy vakillari bilan aloqada bo'lgan. Suhbatlardan shunisi ma'lumki, Liviya rahbari hokimiyatdan ketishga tayyor. Shu paytgacha Qaddafiy "ketmayman, kerak bo'lsa xalqim uchun jonimni fido qilaman", deb kelgan edi.

Bugun Bryusselda NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Liviya muvaqqat kengashi raisi, isyonchilar rahbari Mahmud Jibril bilan uchrashgan. Alyans rahbarining aytishicha, Qaddafiyga sodiq kuchlar tinch aholiga qarshi hujumlarini to'xtatmas ekan, NATO havo reydlari davom etadi.

Rasmussenning aytishicha, Qaddafiy ortiq rahbar bo'lishga loyiq emas va hokimiyatdan ketishi zarur. Shundagina mojaroga siyosiy yechim topiladi, deydi NATO bosh kotibi.

Liviya delegatsiyasi Bryusselda Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashgan. Yevropa vazirlari muvaqqat kengashni Liviyaning qonuniy hukumati sifatida tan olishini bildirgan.

Bu o'rtada inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi xalqaro Human Rights Watch tashkiloti Liviyada hukumat kuchlariga qarshi jang qilayotgan muxolifatni o'z nazoratidagi shaharlarda tinch aholini himoya qilishga chaqirgan. Guruh ma'lumotiga ko'ra, isyonchilar va ularning tarafdorlari mulkka zarar yetkazib, uy va kasalxonalarni o'margan, Qaddafiyga xayrixoh odamlarni do'pposlagan. Isyonchilar qo'mondonlaridan biri qonunbuzarliklarga yo'l qo'yilganini tan olib, aybdorlarga jazo berilgan, deydi. Human Rights Watch aholiga qarshi zo'ravonliklarda hukumat kuchlarini ham ayblaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG