Breaking News

NATO Qaddafiyni propaganda vositalaridan ayirish harakatida


NATO Qaddafiyni propaganda vositalaridan ayirish harakatida
NATO Qaddafiyni propaganda vositalaridan ayirish harakatida

Muammar Qaddafiyni televizorga chiqishdan va shu tariqa "omma ongini zaharlash imkoniyatidan mahrum qilish uchun" NATO bugun Tripolidagi sun’iy yo’ldosh antennalarini nishonga olgan.

Muammar Qaddafiy hech qayerga ketmoqchi emas
Muammar Qaddafiy hech qayerga ketmoqchi emas

Ular vayron qilindi, deya bildiradi alyans mabuot kotibi, polkovnik Roland Lavoy.

Lekin Liviya davlat telekanali hamon efirda.

NATO hujumlarni boshlaganiga to’rt oy bo’ldi.

Bugungacha Liviyaning katta qismi, muhim obyekt va markazlar portlatilgan, yo’q qilingan.

Muxolifat yetakchisi Mustafo Abdul Jalil "Qaddafiy baribir ketadi" deydi
Muxolifat yetakchisi Mustafo Abdul Jalil "Qaddafiy baribir ketadi" deydi

Ammo Muammar Qaddafiy hamon hokimiyatda.

NATO a’zolari u yaqin orada ketishga majbur bo’ladi deya ishonch bildirmoqda.

Biroq qariyb 42 yillik rahbar xalqiga tez-tez murojaat qilib, “O’lgunimcha shu yerdaman” deya ommadan G’arbga qarshi turishni so’ramoqda.

Liviya Muvaqqat milliy kengashi, Qaddafiyga qarshi taraf, NATO va xalqaro hamjamiyat duosi va moliyaviy yordamini olib, janglarni davom ettirmoqda.

“Muammar Qaddafiy ketadi va biz demokratik davlat barpo etamiz”, - deydi Mustafo Abdul Jalil, kengash raisi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG