Muammar Qaddafiy va muxolifatga sulh rejasi taqdim etildi

Muammar Qaddafiy va muxolifatga sulh rejasi taqdim etildi

Afrika Ittifoqi delelatsiyasi bugun Liviyada Muammar Qaddafiy va unga qarshi kurashayotgan isyonchilar bilan muzokara qilayapti.

Muxbirimiz Elizabet Arrotning xabar berishicha, Qaddafiy ular taqdim etgan sulh rejasiga ko’ngan.

NATOning Liviyadagi harbiy kampaniyasi natijasida hukumat kuchlari bir oz chekinganini hisobga olmaganda, urush biror tomon foydasiga hal bo’layotgani sezilmaydi.

Xalqaro hamjamiyat bu orada diplomatik harakatlarni boshlab yubordi.

Janubiy Afrika, Mavritaniya, Malki, Uganda va Kongo rahbarlari bugun Bing’ozi shahriga yo’l olib, Liviya muxolifati bilan uchrashmoqda.

Ularning talabi – NATO havo hujumlarini to’xtatsin, gumanitar yordam olib kirilsin va nihoyat raqib tomonlar dialog boshlasin.

Isyonchilar uchun sulhning birinchi sharti - Muammar Qaddafiy hokimiyatdan ketishi kerak. Armiya Misrata singari shaharlardan chekinishi lozim. Qaddafiy va uning oila a’zolariga yangi hukumatdan joy berilmaydi.

Janubiy Afrika prezidenti Jeykob Zuma “tinchlik qaror topishiga umid bor”, deydi. Muammar Qaddafiy Tripolidagi qarorgohida vositachilar bilan bir necha soat gaplashgan, takliflarni tinglab, ularni qabul qilgan.

Uning lavozimdan ketishi ham uchrashuvda muhokama qilingan, ammo tafsilotlar noma’lum.

Muammar Qaddafiyni Afrika rahbarlari bilan apoq-chapoq deb biladigan oppozitsiya mojaroga adolatli yechim topilishiga uncha ishonmaydi.

“Muzokaraning hozirgi bosqichida bir narsa deyish qiyin. Liviya muvaqqat boshqaruv kengashi takliflarni ko’rib chiqib, bir qarorga keladi”, - deydi muxolifat so’zlovchisi Mustafo Geryani.

Bing’ozi ahli, oppozitsiya tarafdorlari muzokaralar ketayotgan mehmonxona qarshisida namoyish qilmoqda.